TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Armanistondagi "Yelk" partiyasi Nikola Pashinyan nomzodini bosh vazir lavozimiga tavsiya etdi, RIA Novosti xabariga asosan.
"Bugun "Yelk" partiyasi vakillari Armanistonning uch boshqaruvchi partiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Unda Nikola Pashinyan nomzodini bosh vazir lavozimiga taqdim etish masalasi muhokama qilindi”, — deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Armaniston sobiq prezidenti Serj Sargsan prezidentlik muddati tugaganidan keyin o‘z nomzodini Bosh vazir lavozimiga qo‘ygan va parlamentda ko‘pchillik ovozga ega bo‘lgan edi. Shundan so‘ng, kichik partiyalardan birining deputati bo‘lgan Nikola Pashinyan bunga keskin qarshi chiqqan edi. Dastlab uning muvaffaqiyatiga hech kim ishonmagan bo‘lsada keyinchalik uning tarafdorlari soni ortib bordi. Butun Armaniston bo‘ylab bir necha kun norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.
Natijada Sargsan iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi.
Ayni damda Armaniston xalqi orasida ham siyosiy doiralarida ham Nikola Pashinyanning reytingi juda baland. Armaniston parlamentida uni nafaqat o‘z partiyasi balkim boshqa yirik fraksiyalar hamda boshqaruvchi partiya RPA vakillari ham qo‘llb-quvvatlashmoqda.
Hozircha Nikola Pashinyan bosh vazir lavozimiga yagona nomzoddir. Lavozimga saylanishi saylanish uchun 53ta ovoz olishi kerak. Deputatlar umumiy soni 105 nafar. Ovoz berish 1-may kuniga belgilangan.