Kelajakda barcha ruxsatnoma va litsenziyalar elektron tizim orqali beriladi

© Sputnik / Yevgeniy Samarin / Mediabankka o‘tishS.Sobanin posetil novuyu polikliniku na severo-vostoke Moskvi
S.Sobanin posetil novuyu polikliniku na severo-vostoke Moskvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident tomonidan ushbu haqida Adliya va Axborot texnologiyalari vazirliklari hamda boshqa tegishli idoralarga kerakli ko‘rsatmalar berildi.

TOShKENT, 5 apr – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 4-aprel kuni aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish borasidagi ishlarni tahlil qilish va eng muhim vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Jahon” axborot agentligi.

Yig‘ilishda Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa tegishli idoralarga tadbirkorlarga qulay bo‘lishi uchun, turli litsenziya va ruxsat berish tartib-qoidalarini keskin qisqartirish va soddalashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

“Xususan, barcha ruxsatnoma va litsenziyalarni elektron tizim orqali taqdim etish imkonini beradigan “Litsenziya” axborot kompleksini to‘liq ishga tushirish vazifasi qo‘yildi”, — deyilgan xabarda.

Yig‘ilishda, shuningdek, davlat xizmatlari bo‘yicha elektron axborot tizimi va elektron ma’lumotlar bazasini yaratish, barcha davlat xizmatlari markazlarini optik tolali internetga ulash, jismoniy va yuridik shaxslarning axborot texnologiyalaridan foydalanish malakasini oshirish, hujjatlarni elektron tarzda taqdim etish va olishga o‘rgatish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Narodnaya priyemnaya prezidenta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Endi bog‘chalarga tezkor davlat xizmatlari orqali bepul joylash mumkin

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi. 2018-yil 1-yanvardan “yagona darcha” markazlari Xalq qabulxonalari huzuridagi Davlat xizmatlari markazlariga aylantirildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 201 ta ana shunday markazlar tashkil etilgan edi.

Ular tomonidan bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha ariza berish, fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, loyiha hujjatlarini kelishish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat berish, yakka tartibda uy-joy qurishga ruxsat berish, suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsat berish kabi xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0