O‘zbekiston Xitoyga 5 ming tonna gilos yetkazib beradi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishUrojay chereshni i vishni
Urojay chereshni i vishni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoydagi O‘zbekiston elchixonasida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazma doirasida O‘zbekistondan olib kelingan ho‘l va quruq mevalar, qandolat mahsulotlari, ichimliklar taqdim etildi va degustatsiya qilindi.

TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Xitoy Xalq respublikasida 27-aprel kuni bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida O‘zbekiston va Xitoy gilos yetkazib berish haqida kelishib olishdi, deb xabar qilmoqda elchixona matbuot xizmati.

Ushbu haftada “O‘zbekoziqovkatxolding” XXRdagi O‘zbekiston  elchixonasida o‘zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlarni taqdim etdi. Xolding vakili Dilshod Mullaboyev ekologik toza gilos yetishtirish va uni qayta ishlash haqida aytib berdi.

Frukti na rinke - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaga UzAgro brendi ostida dastlabki meva-sabzavot mahsulotlari jo‘natildi

Ko‘rgazma yakunida xitoylik savdo korxonalari O‘zbekistondan UzAgro brendi ostida 5 ming tonna golos sotib olishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Shuningdek, Xitoy bojxona xizmatlari vakillari bilan hujjatlarni soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirishga kelishib olindi.

Ko‘rgazma doirasida O‘zbekistondan olib kelingan quritilgan mevalar, qandolat mahsulotlari va ichimliklar ham taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekoziqovkatxolding” AJ O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlarni UzAgro brendi ostida eksport qilish taklifi bilan chiqqan edi.

Yangiliklar lentasi
0