"Rossiya segodnya" Xalqaro axborot agentligi marbuot-markazida Sputnik jurnalistlari tomonidan MDH davlatlaridagi "Oʻlmas polk" jamoatchilik harakati muvofiqlashtiruvchilari bilan videokoʻprik oʻtkazildi.
"Oʻzbekistonda "Oʻzbekiston xotiralar kitobi" internet-loyihasini olib borayotgan ikki nafar ajoyib ayollar bor. Ular bizning ekspeditsiyalarimizda ishtirok etishni boshladi, shu kunlarda Bryanskda oʻtgan forumda qatnashdilar", — dedi Yelena Tsunayeva.
Tsunayevaning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston va Qirgʻizistonda Markaziy Osiyodan boʻlgan askarlar haqida yozilgan harbiy adabiyotlar borasida tanqislik muammosi yuzaga kelgan.
"Ular bizga murojaat qilib ana shunday adabiyotlarni toʻplashda yordam berishni iltimos qildilar. Ular bu bilan oʻsha askarlar xotirasini abadiylashtirmoqchi. Ayollarga Tojikiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekistondan boʻlgan askarlar yodga olingan harbiy memuarlar, maqolalar kerak.
Tsunayeva shuningdek, "Rossiya qidiruv harakati"ning xuddi shunday aloqalari Tojikiston bilan yaxshi yoʻlga qoʻyilmaganligini ham qoʻshimcha qilgan.