Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalariga 7 foiz stavkada kredit beriladi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishZagotovka sena v fermerskom xozaystve
Zagotovka sena v fermerskom xozaystve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
4 sotixdan kam bo‘lmagan tomorqa yerida band bo‘lgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar uchun mehnat daftarchasi ochib, ish staji hisoblash imkoniyati yaratiladi.

TOShKENT, 28 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidentining "Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga asosan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga qator imkoniyatlar beriladi. Bu haqda O‘zLiDeP matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oroshenie zemli - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fermerlik rivoji uchun 1 trillion 600 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratdi

Xabarda aytilishicha, joylarda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotishda amaliy yordam ko‘rsatish hisoblangan “Tomorqa xizmati” MChJlari tashkil etiladi.

"Tomorqa xizmati" MChJ fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida zarur moddiy resurslar, shu jumladan, urug‘lar, ko‘chatlar, taralar, texnika va boshqa vositalar yetkazib berish, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi ekinlarini ichki va tashqi bozorlarda sotish, shu jumladan, ularni tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish xizmatlarini ko‘rsatadi.

“Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB orqali fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalariga 7 foiz stavkada kredit beriladi.

4 sotixdan kam bo‘lmagan tomorqa yerida band bo‘lgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar uchun mehnat daftarchasi ochib, ish staji hisoblash imkoniyati yaratiladi.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (joylardagi vakilliklari bilan) tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0