Nazarboyev Rossiyani "Xudo bergan qo‘shni", deb atadi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishVidi Moskvi
Vidi Moskvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nazarboyev Putin bilan shaxsiy munosabatlarini "yuqori baholashini" ma’lum qildi

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Rossiya bilan juda yaqin munosabatlar o‘rnatganini aytib, bu aloqalarni namunali, deb atadi. RIA Novosti xabariga asosan.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev ma’noli latifa aytib berdi
"Rossiya — bizning tarixiy qo‘shnimiz, ya’ni aytadilar-ku, Xudo bergan qo‘shni, deb. Bizgacha ham shunday bo‘lgan, mana bizning davrimizda ham shunday, va bizning farzandlarimiz ham qo‘shnichilikda, do‘stlikda va bir-birlarini tushunib yashaydilar. Biz juda yaqin munosabatlar o‘rnatganmiz, ularni Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar namunasi, deb atash mumkin.

Biz bu tamoyilga sodiqmiz, va unga amal qilishimiz lozim, nega deganda u Qozog‘istonning asl manfaatlariga juda mos tushadi. O‘ylaymanki, Rossiyaning ham", — dedi Nazarboyev Qozog‘iston xalqining XXVI sessiyu Assambleyasining ochilish marosimida.

U shuningdek, Ostona boshqa qo‘shni davlatlar bilan ham do‘stona munosabatdaligini qo‘shimcha qildi.

Ilgariroq, Nazarboyev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan shaxsiy munosabatlarini yuqori baholashini ta’kidlab o‘tgan edi.

Yangiliklar lentasi
0