TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mansabdorlarga murojaat qilib, ularni murakkab atamalarni fuqarolarga sodda tilda tushuntirishga chaqirdi. Va bu mavzuda latifa aytib berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston.
"Mana misol uchun tenglik(identichnost)ni olaylik… Oddiy cho‘ponga "Bu nima?" deb ayt — aytadi.
Ilgarilari kolxozlarga tumandan, viloyatdan leksiya o‘quvchilar kelardi. Bir kun ishdan keyin charchagan kolxozchilar zalga to‘plandi, ma’ruzachi o‘rnidan turib: "Bizda shahar va qishloq, ishlab chiqarish va mehnat unumdorligi o‘rtasida disproporsiya bor", dedi.
Shu payt cho‘pon Fedor amaki o‘rnidan turib, o‘qimishliroq yosh buxgalterga yuzlanib: "Menga oddiy tilda disproporsiya nima ekanligini tushuntirib ber, dedi", — hikoya qildi Nazarboyev.
"Shu payt sovxoz direktorining kotibasi qo‘lida suv solingan grafin bilan oqsoqlangan holda minbarga qarab yura boshladi. Uning bir oyog‘i ikkinchisidan kaltaroq edi. Buxgalter darhol: "Bizni Manyamizni o‘ng va chap oyog‘i o‘rtasida disproporsiya bor, dedi". Nazarboyevni latifasidan so‘ng zalda kulgi ko‘tarildi.
Shundan so‘ng, Qozog‘iston rahbari, bu latifani bekorga aytmaganini, amaldorlar murakkab atamalarni xalqqa sodda tilda tushuntirishlari lozimligini uqdirdi.