Rossiya O‘zbekistonda ko‘tarma kranlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn
Povsednevnaya jizn - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Kran texnlogii" kompaniyasi so‘nggi yillarda O‘zbekiston pudratchilariga turli xildagi 20 ta kranni yetkazib berdi. Hozirgi kunda bu kompaniya respublikaning o‘zida kran ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Toshkentda "Expo-Russia Uzbekistan 2018" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ish faoliyatini boshladi.

Ushbu ko‘rgazma ilk bor Savdo-sanoat palatasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Rossiyaning "Zarubej-Ekspo" aksionerlik jamiyat bilan birgalikda tashkil etildi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Toshkentda birinchi Expo-Russia Uzbekistan 2018 xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘tkazildi. - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda AvtoVAZ va UAZ avtomashinalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi

Ko‘rgazmada Rossiyaning energetika, mashinasozlik, metallurgiya, qurilish, transport-logistika, telekommunikatsiya va aloqa, kimyo, agrosanoat majmuasi mahsulotlari, xalq iste’moli tovarlari, oziq-ovqat, tibbiyot, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini ishlab chiqarish, raqamli texnologiyalarni joriy etish bilan shug‘ullanadigan 200 dan ziyod kompaniya va korxonasi o‘z mahsulot va xizmatlarini namoyish etmoqda.

Forum ochilishida O‘zbekiston sanoat salohiyatini yuksaltirish, korxonalarni texnik va texnologik yangilash orqali yuqori sifatli tovar va xizmatlar ishlab chiqarish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar o‘z samarasini berayotgani ta’kidlandi.

Kichik biznes subyektlarining dunyo bozoriga chiqishi uchun yaratilayotgan sharoitlar, sanoatni modernizatsiya qilish hamda mahalliy tadbirkorlar va chet ellik sarmoyadorlarning o‘zaro hamkorligini tobora mustahkamlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirishga imkon tug‘dirayotgani qayd etildi.

Tadbir O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash, iqtisodiy hamkorlikni diversifikatsiya qilish, ijtimoiy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgani bilan ahamiyatli.

Mazkur sohalarga ixtisoslashgan ko‘rgazma pavilonlarida neft-gaz sohasida razvedka, qayta ishlash, tashish va saqlash, infratuzilma obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash, tog‘-kon sanoati uchun zamonaviy texnologiyalar, metallurgiya, mashinasozlik, energetika, qurilish tarmoqlariga mo‘ljallangan uskunalar namoyish etilmoqda.

Plodoovoshnaya yarmarka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston meva-sabzavotlari Rossiya savdo tizimlaridan joy oladi

"Bugun O‘zbekistonda qurilish sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda zamonaviy shaharsozlik uslublari, meyorlari va qoidalarini joriy qilishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Faoliyatimiz qurilishda keng qo‘llaniladigan ko‘tarma kranlarni ishlab chiqarishdan iborat. Mazkur kranlar 60 tonnagacha bo‘lgan yuklarni 70 metr balandlikkacha ko‘tara oladi. Mamlakatingizda sanoat kooperatsiyasi asosida qurilish materiallari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga alohida e’tibor qaratilayotir. Korxonamiz ham ushbu jarayonda faol ishtirok etishni maqsad qilgan. O‘tgan yillar davomida turli xildagi 20 ta kranni o‘zbekistonlik pudratchilarga yetkazib berish bo‘yicha majburiyatimizni muvaffaqiyatli bajardik. Kelgusida bunday kranlarni shu yerning o‘zida ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz. Ko‘rgazma ushbu maqsadlar yo‘lidagi hamkorlik istiqbollarini belgilab olishda amaliy qadam bo‘lishiga ishonamiz", — deydi Rossiyaning "Kran texnologiyalari" kompaniyasi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Mixaylov.

Ko‘rgazmaning yana bir ishtirokchisi — bu "IYRA" yosh robototexniklar xalqaro assotsiatsiyasidir. Bolalar o‘rtasida robototexnika yo‘nalishida ta’limni tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi ushbu tashkilot O‘zbekistonda maktabgacha va umumta’lim yoshidagi bolalarning robototexnika sohasidagi qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni taqdim etmoqda.

Ko‘rgazmalar doirasida taqdimot marosimlari, davra suhbatlari, ishtirokchilar va mutaxassislar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0