"Roskosmos" O‘zbekistonga birgalikda sun’iy yo‘ldosh ishlab chiqarishni taklif etdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishSputnikovaya antenna
Sputnikovaya antenna - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Korporatsiya O‘zbekistonning birinchi sun’iy yo‘ldoshini uchirishni muhokama qildi va o‘z takliflarini berdi

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Kosmik faoliyat bo‘yicha "Roskosmos" davlat korporatsiyasi O‘zbekistonga birinchi o‘zbek sun’iy yo‘ldoshlarini ishlab chiqarish va ularni yig‘ishni qisman mahalliylashtirishni moliyalashtirish taklifi bilan chiqdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Vid na vosxod solnsa s borta MKS - Sputnik O‘zbekiston
Thales Alenia Space O‘zbekistonga o‘z sun’iy yo‘ldoshini uchirishda yordam beradi

"Roskosmos"ning Markaziy Osiyodagi vakili Anatoliy Krasnikovning aytishicha, Rossiya tomoni kosmik aloqa va yerni masofadan turib kuzatish tizimi, sun’iy yo‘ldosh texnikasini hamkorlikda ishlab chiqarish, yuqori malakali kadrlarni o‘qitish kabi keng qamrovli masalalarda hamkorlik qilishni taklif etishi mumkin.

"Biz O‘zbekistonning birinchi sun’iy yo‘ldoshini uchirishni muhokama qildik, o‘z takliflarimizni berdik va umid qilamizki, ushbu yo‘nalishda harakatlanishda davom etamiz. Bizda sun’iy yo‘ldosh ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekistonga ko‘plab takliflar mavjud. Biz o‘zbekistonlik hamkorlarga hattoki ishlab chiqarishni qisman mahalliylashtirishni hamda Rossiya eksport markazi orqali RF moliyaviy manbalaridan foydalanishni taklif etamiz. O‘zbek tomonining fikrlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, bu taklif ular uchun ham qiziqarli", — dedi Krasnikov.

Uning qo‘shimcha qilishicha hamkorlikni yanada rivojlantirishga mamlakatlar o‘rtasida ushbu yo‘nalishda normativ-huquqiy bazaning yo‘qligi to‘sqinlik qilmoqda.

Shaxabutdin Zaynutdinov jurnalist, ssenarist dokumenalogo kino. ekspert po aviatsii i kosmosu - Sputnik O‘zbekiston
Zaynutdinov: Rossiya O‘zbekistonga aerokosmik sohada obro‘ni qaytaradi

"2008 yilda kosmosda tinchlik yo‘lida hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo dastur imzolangandi, biroq afsuski, boshlanmasdan yo‘q bo‘ldi. Hozirda hamkorlik qilish uchun normativ-huquqiy baza mavjud emas. Biz mazkur huquqiy bazani yaratish variantlarini o‘zbekistonlik hamkorlarimizga taklif etamiz", — dedi suhbatdosh.

Krasnikovning aytishicha, O‘zbekistonda bundan tashqari, kosmik faoliyat uchun mas’ul yagona organ yo‘q. Mamlakatda, dedi u, "O‘zbekkosmos" agentligini tuzish ishlari olib borilmoqda, vazirlik va idoralarga turli loyihalar tarqatilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yaqin yillar ichida aviatsiya sanoatini tiklash va kelgusida aerokosmik sohani yaratish rejalashtirilgan.

Shu yil fevralida prezident Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoyishni imzolagan edi. Unda mamlakatda kosmik va sun’iy yo‘ldosh texnologiyalarini joriy etish konsepsiyasini ishlab chiqish topshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0