Toshkent shahri hokimi boshqa ishga o‘tkazildi

© almaty.gov.kzXokim goroda Tashkent Raxmonbek Usmanov
Xokim goroda Tashkent Raxmonbek Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rahmonbek Usmonov 2011-yil fevraldan 2012-yil martgacha Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi, so‘ngra hokim lavozimida ishlab kelgan

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Toshkent shahri hokimi lavozimida ishlab kelgan Rahmonbek Usmonov O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar berdi mahalliy OAV.

Hozircha Toshkent shahriga kim yangi hokim etib tayinlangani haqida ma’lumot yo‘q.

Rahmonbek Usmonov 2011-yil fevraldan 2012-yil martgacha Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi, so‘ngra hokim lavozimida ishlab kelgan.

2005-2011 yillarda Toshkent shahar hokimining kapital qurilish, kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish, sanoat va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 2001-2005 yillarda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining birinchi o‘rinbosari va Yakkasaroy tumani hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Yangiliklar lentasi
0