Jahon banki O‘zbekistonga 60ga yaqin zamonaviy tez yordam mashinalari olib beradi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishAvtomobil skoroy pomoshi
Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon Banki O‘zbekiston tez yordam tizimini rivojlantirishga 100 mln dollar ajratdi. Ushbu mablag‘ shifokorlar malakaisni oshirish, viloyatlarda dispetcherlik markazlari barpo etish va tibbiy uskunalar sotib olishga sarflanadi.

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Jahon banki O‘zbekiston tezkor tibbiy yordam tizimini rivojlantirishga 100 mln dollar ajratdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Mablag‘ ajratilishi jahon bankining ijroiya direktorlar Kengashi tomonidan tasdiqlandi. Mablag‘lar JB tarkibiga kiruvchi Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi mablag‘laridan ajratiladi.

Uzbekistan peredal Kirgizstanu avtomobili skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Qirg‘izistonga "tez yordam" mashinalari sovg‘a qildi

“Tez  tibbiy yordam tizimini yaxshilash loyihasi, bu yil O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan to‘rtinchi loyiha bo‘lib, dastlabki to‘rt oyda uning umumiy qiymati 940 million dollarni tashkil qiladi. Yangi tizim yiliga 6 millionga yaqin be’morlarga sifatli xizmat ko‘rsata oladi”, — dedi O‘zbekistondagi Jahon banki vakolatxonasi rahbari Xideki Mori.

Bank xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda bugungi kundagi mavjud bo‘lgan tez tibbiy yordam tizimi fuqarolar murojaatlariga yetarli darajada tez va sifatli javob bera olmaydi.  

Ayni dam da O‘zbekistonda 18300 kishiga bitta tez yordam mashinasi to‘g‘ri keladi. Amal qilayotgan milliy standartga ko‘ra har 13000 kishiga bitta tez yordam mashinasi to‘g‘ri kelishi kerak.

Peugeot - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Peugeot tez yordam mashinalari ishlab chiqariladi

Undan tashqari, bugungi kunda xizmat ko‘rsatatotgan avtomobillarning katta qismi birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniga ega emas. Ularda tibbiy yordam apparaturasi joylashtirish va be’morni kasalxonaga yetkazish vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish uchun joy kam.

Ekspertlar qayd etishiga ko‘ra, tez yordam tizimida ishlayotgan xodimlarning tibbiy asbob-uskunalar va dori vositalari bilan ta’minlanish darajasi past. Tez yordam xodimlarining yo‘l-transport hodisalari, yurak-qon tomir kasalliklari va og‘ir kasallarga yordam ko‘rsatish darajasi yaxshilanishni talab qiladi.  

“Loyiha doirasida O‘zbekistonning 12 viloyati va Toshkent shahrida tez yordam brigadalari harakatini muvofiqlashtirib turuvchi dispetcherlik majmualari paydo bo‘ladi. Majmua asosini turli fojealarga tez va samarali javob beruvchi yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv va aloqa tizimi tashkil etadi”, — deyishdi bankda.

Tez tibbiy yordam mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi ehtiyoji baland hududlarga 50 ta tez tibbiy yordam mashinalari berildi

Mablag‘lar, shuningdek, shifokor va hamshiralarning malakasini oshirish, 60ga yaqin zamonaviy tez yordam mashinalari hamda inson hayotini saqlab qoluvchi tibbiy uskunalar sotib olishga sarflanadi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon banki O‘zbekistonda 17ta turli loyihalarni moliyalashtirmoqda. Ularning umumiy qiymati 2,8 milliard dollardan oshgan. Ushbu loyihalar qishloq xo‘jaligi va suv resurslarini boshqarish, energetika, transport, suv ta’minoti, sanitariya va ta’lim tizimlarining samaradorligini oshirishga  qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0