Marokkoda 9 farzandning otasi bir umr bepusht bo‘lganini bilib, ajrashishga ariza berdi

© Sputnik / Vladimir AstapkovichSiluet mujchini na fone okna
Siluet mujchini na fone okna - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lum bo‘lishicha, erkak hali o‘smirlik chog‘laridayoq farzand ko‘rish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan ekan

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Marokko fuqarosi 35-yillik turmushdan so‘ng, to‘qqiz farzandli bo‘lgach, o‘smirlik chog‘idayoq bepushtlik dardiga yo‘liqqanidan xabar topdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston Khaleej Times arab nashriga tayanib xabar bermoqda.

Turkiya mahsulotlari. - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar: qo‘l qovushtirib o‘tiraversak, farzandlarimiz mutantlarga aylanadi

Nashr xabariga ko‘ra, mahalliy universitetlardan birining professori Sidi-Sliman standart tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan keyin ushbu mojaro avj olgan. Tahlil natijalarida chetga chiqishlar borligini sezgan urolog uni to‘liq tekshiruvdan o‘tishga yo‘llagan.

Xuddi o‘sha vaqtda erkak o‘smirlik davridan buyon farzandli bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘lgani aniqlashadi. Bunga ishonmagan marokkolik boshqa klinikalarda ham analiz topshirib ko‘radi, ammo natijalar hamma joyda bir xil edi.

Shokka tushgan professor rafiqasini bevafolikda ayblab, sudga ajrimga ariza topshiradi. U shuningdek barcha farzandlardan rasman voz kechishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, sudda ishni ko‘rish davomida tibbiy konsilium o‘tkazilgan va bu jarayon arizachining haqligini tasdiqlagan.

Yangiliklar lentasi
0