"O‘zbekoziqovqatxolding" bir kilo gilosni 26 ming so‘mdan sotib olishini e’lon qildi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishSbor urojaya chereshni i vishni
Sbor urojaya chereshni i vishni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
I toifa gilosning bir kilogrammi 26 ming so‘m, II toifadagi gilos 18 ming so‘m va III toifadagi gilosning bir kilogrammi 10 ming so‘mdan xarid qilinadi

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. "O‘zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi gilos xaridi bo‘yicha yangi narxlarni belgiladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Urojay chereshni i vishni - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zagroeksport" dehqon va fermerlardan sotib olinadigan gilos uchun narx belgiladi

"O‘zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi tarkibidagi "O‘zagroeksport"AJ 2018-yil hosili uchun fermer, dehqon xo‘jaliklari va tamorqa yer egalari tomonidan yetishtirilgan gilos mevasini fyuchers shartnomalari, ya’ni oldindan pul to‘lash orqali xarid qilib olishni davom ettirmoqda", — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Xabarda bildirilishicha, I toifa gilosning bir kilogrammi 26 ming so‘m, II toifadagi gilos 18 ming so‘m va III toifadagi gilosning bir kilogrammi 10 ming so‘mdan xarid qilinadi.

Mevalar "UZAGRO" brendi ostida eksportga yo‘naltiriladi.

"O‘zbekoziqovqatxolding" dehqon, fermer xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalari bilan doimiy va mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish niyatida ekanligini bildirgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston gilos mevasini eksport qilish hajmi bo‘yicha jahonda 5-o‘rinda turadi. Ushbu ko‘rsatkich bir qarashda yuqori ko‘rinsa-da, O‘zbekiston imkoniyati va salohiyati bo‘yicha dunyoda gilos eksporti yetakchisiga aylanish qudratiga ega.

Yangiliklar lentasi
0