"Katushadan" "Smuglyankagacha": Toshkent metrosida urush yillari qo‘shiqlari jarang sochdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMuzikanti Minoboroni Uzbekistana poyut pesni v metro Tashkenta
Muzikanti Minoboroni Uzbekistana poyut pesni v metro Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun O‘zbekiston poytaxtida yer osti yo‘lida urush yillarining eng mashhur qo‘shiqlar ijro etildi

Yaqinlashib kelayotgan Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent metrosida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan musiqiy-vatanparvarlik aksiyasi o‘tkazilmoqda. Askarlar libosini kiyib olgan harbiy san’atkorlar Ikkinchi Jahon urushida mashhur bo‘lgan qo‘shiqlarni ijro etishmoqda.

Aksiya pamati Georgiyevskaya lentochka. - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda “Georgiy lentasi” tadbiri boshlandi

Ushbu aksiyaga mahalliy vaqt bilan 16:30 da "Do‘stlik" metrosi yaqinida start berildi. Uch yarim soat vaqt mobaynida urush yillari formasini kiyib olgan harbiylar metroning barcha liniyalarini aylanib chiqadilar va o‘sha davrning eng mashhur qo‘shiqlarini ijro etadilar.

Platformalardan "Katusha" va "Smuglyankai" hamda, tabiiyki "Den pobedi" taronalari jarang topmoqda.

Yo‘lovchilar shunchaki o‘tib ketishgani yo‘q, to‘xtab telefonlariga suratga olishmoqda, ayrimlari jo‘r bo‘lib kuyladi, hatto raqs tushganlar ham bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0