Toshkentda “Georgiy lentasi” tadbiri boshlandi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishAksiya pamati "Georgiyevskaya lentochka".
Aksiya pamati Georgiyevskaya lentochka. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Har yili millionlab rossiya hamda boshqa mamalkatlar fuqarolari G‘alaba Kuni bayrami arafasida o‘z kiyimlariga yoki avtomobillariga Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alaba timsoli sifatida georgiy tasmasini taqib yurishadi.

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Toshkentda an’anaviy “Georgiy lentasi” tadbiri boshlandi, deb xabar qilmoqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati.

“26 apreldan boshlab Mironshoh ko‘chasida Rossiya elchixonasi darvozasi oldida tadbirda ishtirok etishni istagan har bir kishi georgiy tasmasini olishi mumkin”, — deyilgan xabarda.

Elchixona aytishiga qaraganda, ushbu tadbirning asosiy maqsadi – yosh avlodga XX asrning eng dahshatli urushida kim va qanday qurbonlar bilan g‘alaba qozonganini eslatib turishdir.

Eslatib o‘tamiz, “Georgiy tasmasi” g‘oyasi 2005-yilda RIA Novosti axborot agentligida tug‘ilgan edi. Shundan buyon ushbu tadbir nafaqat umumrossiya balkim butunjahon tadbiriga aylanib ketdi. 2018-yilda ushbu tadbirga rossiyaning 85 viloyati va dunyoning 70 mamlakati qo‘shilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0