O‘zbekiston dunyoni o‘ziga chorlayapti, yopiqlikdan ochiq pragmatik siyosat sari yuzlanmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Bugun O‘zbekiston dunyoni o‘ziga chorlayapti, yopiqlikdan ochiq pragmatik siyosat sari yuzlanmoqda" - 25-aprel kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro anjuman ishtirokchilari xuddi shunday fikrlarni bildirdilar

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. 2018 yilning 25-aprel kuni Toshkentda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan "Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi" mavzuyida xalqaro konferensiya o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

2018 yilda O‘zbekistonni nimalar kutmoqda?
Konferensiya ishida Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi Umumevropa mintaqaviy kengashi, Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti rahbarlari, 30 dan ortiq mamlakatdan nufuzli xalqaro ekspertlar va yirik olimlar, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdilar.

Konferensiya O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi" doirasida O‘zbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan mutlaqo yangicha ijtimoiy siyosatning mazmun va mohiyatini dunyo jamoatchiligiga yetkazish maqsadida o‘tkazildi.

Anjumanda O‘zbekistonda ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasida erishilgan natijalar ham tahsinga sazovorligi e’tirof etildi. Xususan, Xalqaro mehnat tashkiloti va qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik borasida samarali natijalarga erishilgani ta’kidlandi.

Qisqa muddat ichida qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikda ko‘plab masalalar hal etilishiga erishilgani qayd etildi.

O‘zbekiston paxta dalalarida bolalar mehnatiga barham berildi - XMT
Forumda "Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ahvoli va tendensiyalari" mavzuyida ma’ruza qilgan Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi Bosh kotibi Vladimir Sherbakov kuchli ijtimoiy siyosatni rivojlantirish borasidagi muvaffaqiyatlar ko‘p hollarda xalqaro va mintaqaviy tajribadan unumli foydalanishga ham bog‘liq ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur xalqaro anjuman ijtimoiy muloqotni rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratishini qayd etdi.

Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yil oxiriga qadar Rossiya korxonalari soni mingdan oshadi
Xalqaro anjuman doirasida xorijiy ekspertlar O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar, ta’lim, ijtimoiy infratuzilma, arzon uy-joylar, ish joylaridagi mehnat sharoitlari, davlat organlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar hamkorligi borasida aniq tasavvurga ega bo‘lish maqsadida Toshkent va Samarqand viloyatlariga tashrif buyurdilar.

Xorijiy ekspertlar mazkur hududlarga tashriflari davomida Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekistonda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat va inson manfaatlari yo‘lidagi islohotlarning natijalarini oddiy odamlar hayotida o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.

Ijtimoiy obyektlarda ular fuqarolar uchun yaratilgan munosib mehnat sharoitlari, davlat organlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchilarning samarali ijtimoiy sherikligi natijasida xodimlar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida erishilayotgan ijobiy natijalar bilan tanishdilar.

Yangiliklar lentasi
0