O‘zbekiston paxta dalalarida bolalar mehnatiga barham berildi - XMT

Obuna bo‘lish
Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari butun mamlakat bo‘ylab yurib, 3 ming nafar terimchi, mahalliy hokimiyatlar vakillari, pedagoglar va tibbiyot xodimlari bilan yakkama-yakka suhbatlashishdi. Bundan tashqari, ular yana ming nafar insonga qo‘ng‘iroq ham qilishgan

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) O‘zbekistonda paxta terimida bolalar mehnatidan foydalanishga to‘liq chek qo‘yilganligiga amin bo‘lishdi, deb xabar qildi BMT yangiliklar markazi.

Uborka xlopka - Sputnik O‘zbekiston
Paxta reviziyasi: Mirziyoyev "oq oltin"ni kimga ishonib topshirdi

Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari butun mamlakat bo‘ylab yurib, 3 ming nafar terimchi, mahalliy hokimiyatlar vakillari, pedagoglar va tibbiyot xodimlari bilan yakkama-yakka suhbatlashishdi. Bundan tashqari, ular yana ming nafar insonga qo‘ng‘iroq ham qilishgan.

"Hukumat bolalarni paxta terimiga tizimli ravishda majburlash amaliyotini yo‘qotgan va bu ishga odamlarni faqat ko‘ngilli asosda jalb etish haqida ko‘rsatma bergan. Ular maktab o‘quvchilari, talabalar, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarini paxta terimiga majburlashni taqiqlashdi. Xalqaro mehnat tashkiloti va Butunjahon banki tavsiyalari asosida hosilni ko‘ngilli ravishda terib olmoqchi bo‘lganlar esa, joriy yilda oshirilgan maoshni olishdi", — deyilgan xabarda.

Terimdan avval Xalqaro mehnat tashkiloti ekspertlari 6,3 ming ish beruvchilar uchun maxsus o‘qitish tadbirlarini o‘tkazishdi. Tadqiqot davomida aniqlanishicha, odamlar, umuman olganda, majburiy mehnat naqadar qabul qilib bo‘linmaydigan narsa ekanini tushunishmoqda, biroq bu boradagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini davom ettirish kerak, deya hisoblashgan XMTdagilar.

"O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sentabr oyida Nyu-Yorkda o‘tgan Bosh Assambleyadagi nutqi ro‘y beradigan o‘zgarishlardan, shuningdek, paxta terimida ko‘ngilli asosda ishtirok etish siyosatini amalga oshirish bo‘yicha keyingi chora-tadbirlardan dalolat berdi, ular milliy darajada qabul qilindi", — deyiladi XMT xabarida.

Yangiliklar lentasi
0