TOShKENT, 20 mar — Sputnik. YeIni Markaziy Osiyo va u yerdagi insonlar huquqi tobora qiziqtirmoqda, dedi Sputnik radiosiga bergan intervyusida Sankt-Peterburg davlat universiteti Yevropa bo‘yicha tadqiqotlar kafedrasi dotsenti Tatyana Romanova.
Romanova O‘zbekistondagi inson huquqlari rivojini qo‘llab-quvvatlash Yevropa ittifoqiga nima uchun muhimligi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Rossiyalik ekspertning so‘zlariga ko‘ra, yevropaliklar tomonidan Markaziy-Osiyo mintaqasiga bildirilayotgan qiziqishni tushunsa bo‘ladi.
"Agar YeI ilgarilari Markaziy Osiyoga juda kam qiziqqan bo‘lsa, hozirda bu mintaqa Yevropani rivojlantirish bo‘yicha global strategiya dasturiga kiritilgan. Yevropaliklarning turli davlatlardagi fuqarolik va siyosiy huquqlarga bo‘lgan e’tiboriga keladigan bo‘lsak, YeI ularni hamisha hamma narsadan — misol uchun, ijtimoiy va iqtisodiy huquqlardan ham ustun qo‘yib kelgan", — dedi Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida Romanova.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa ittifoqi hamisha har qanday davlatning huquq tizimida allaqanday kamchiliklarni topadi va umuman bu masalaga astoydil yondashadi.
Ilgariroq Xalqaro press-klub yig‘ilishida Oliy Majlisning qonunchilik palatasi deputati Akmal Saidov O‘zbekiston BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo bo‘lish uchun shoshilmayotgani, ammo shu yo‘nalishda ishni jadallik bilan olib borishini ma’lum qildi. Deputat fikriga ko‘ra, bu jarayon 2021-yilga kelib, yakun topadi.