Shomahmudovlar oilasiga qo‘yilgan yodgorlik o‘z joyiga qaytarilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMonument semye Shamaxmudovix v "Sadu drujbi"
Monument semye Shamaxmudovix v Sadu drujbi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
23 aprel kuni "Istiqlol" san’at saroyi maydonida rekonstruksiya ishlari boshlab yuborilgan

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Ikkinchi Jahon urushi yillarida turli millatlarga mansub bo‘lgan 15 nafar bolani o‘z qanotiga olgan Shoahmad va Bahri Shomahmudovlar oilasining xalqlar do‘stligini ifoda etib turuvchi haykallari Toshkent shahridagi "Istiqlol" san’at saroyining maydoniga ko‘chiriladi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi.

Pamatnik semye Shamaxmudovix - Sputnik O‘zbekiston
Shomahmudovlar oilasidan kimlar hayot? Mashhur xonadondan reportaj
"Shomahmudovlar oilasi haqida Rahmat Fayziyevning "Yego velichestvo Chelovek" romani asosida kinorejissor Shuhrat Abbosovning "Sen yetim emassan" kinosi tasvirga olingan va bu film hanuzgacha turli xalqlar orasida sevib tomosha qilinadi.

Xalqlar do‘stligi siymosi hisoblangan ushbu haykal Toshkent shahrining ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shib yanada chiroyini ochadi. Poytaxtimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarini birdamlikka, do‘stlikka va bir oila bo‘lib yashashga davat qiladi", deyiladi xabarda.

Shuningdek, xabarda kecha, 23-aprel kuni "Istiqlol" san’at saroyi maydonida rekonstruksiya ishlari boshlab yuborilgani ham ta’kidlangan. Shomahmudovlar oilasi jamlangan haykal tez kunlarda ushbu maydonda qad ko‘taradi.

Ta’kidlash kerakki, hozirda ushbu monument Toshkent shahridagi "Do‘stlik" bog‘ida joylashgan.

Yangiliklar lentasi
0