TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov "Rossiya 24" telekanali efirida agar shunga talab bo‘lsa, respublika rahbari vakolatini zimmasidan sokit qilib, o‘z vatanini jangchi sifatida himoya qilishga tayyorligini bildirdi.
Ilgariroq xuddi shu intervyuda Qodirov Suriyada yuzaga kelgan vaziyatni Rossiyaga bosim o‘tkazish deya baholagan edi. Qodirov, shuningdek, "agar shunday davom etaversa, Rossiya kuch usullarini qo‘llashga majbur bo‘ladi", — deya ta’kidladi.
"Men siyosatga jangchi sifatida kirib kelganman. Va mening sevimli ishim — jang qilish asnosida xalq va davlatni himoya qilishdir. Shu bois har qanday murakkab topshiriqni bajarishga tayyormiz — Bosh qo‘mondon nima desa, shunday bo‘ladi. Bizning yigitlarimiz tayyor. Va men o‘ylaymanki, biz, generallarga subyektlar rahbarlari vakolatidan voz kechib… davlatimiz yaxlitligini himoya qilish uchun oldinga harakatlanish vaqti keldi", — deb aytgan Qodirov.