Ramzan Qodirov: shaytonlar Chechenistonga hujum qilmoqchi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishGlava Chechni Ramzan Kadirov
Glava Chechni Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ramzan Qodirov Chechenistonni portlatish bilan tahdid qilayotgan terrorchilar haqidagi gapirib berdi

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov respublikaga hujum uyushtirmoqchi bo‘layotgan terrorchilar to‘g‘risida ma’lumotga egaligi haqida gapirdi.

Zasedanie komissii RATS ShOS v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
ShHT maxsus xizmatlari tomonidan Rossiyada o‘tgan yili 40 ta terakt oldi olindi
"Biz bu shaytonlarning shiorlaridan xabardormiz, ular: "Biz Rossiyaga kelamiz, biz sizlarga ko‘rsatib qo‘yamiz, biz portlatamiz, biz yo‘q qilamiz", deyishmoqda. Bizning xabarimiz bor, bizgacha bir nechta shaytonlar haqida ma’lumot yetib keldi, ularni Chechenistonda terakt uyushtirish uchun yuborishgan ular, shaytonlar hozirda Gruziyagacha yetib kelgan", — deb aytgan Qodirov NTV kanaliga bergan intervyusida.

Qodirov, respublikada ularni kutishayotganini, shaytonlar o‘sha joyning o‘zidan olib ketilishi va yo‘q qilinishini ma’lum qildi. "Biz barcha kanallarni, kirish va chiqish joylarini nazoratda ushlab turibmiz. Chunki agar ular yetib kelishsa, ular jinoyatni, terrorchilik aktini haqiqatda sodir etadilar. Shu bois biz ular qayerda va nima bilan shug‘ullanayotganini oldindan bilishimiz lozim", — deb ta’kidlagan Checheniston rahbari.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tayotgan yil davomida Rossiyada 23ta teraktning oldini olishga muvaffaq bo‘lingan.

Yangiliklar lentasi
0