Rossiyada migrantlarga nisbatan millatchilik 8 baravar kamaygan

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishSentr sodeystviya migrantam v Volgograde
Sentr sodeystviya migrantam v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada Markaziy Osiyo fuqarolariga nisbatan millatchilik tufayli amalga oshirilayotgan jinoyatlar soni 8 baravar kamaygan.

TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Yevroosiyo Tahliliy klubi “Rossiyada Markaziy Osiyolik migrantlarga nisbatan amalga oshirilayotgan jinoyatchilik” mavzusidagi hisobotni chop etdi.

Beremennaya, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada qonuniy tug‘ish mumkinmi? Homilador migrant ayollar uchun eslatma

IIV statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada xorijiy fuqarolarga nisbatan amalga oshirilayotgan jinoyatlar soni yiliga 12-16,5 mingtani tashkil qiladi. Bu mamlakatla sodir etilayotgan jinoyatlarning 0,7 %ini tashkil qiladi va nisbatan kam deb hisoblash mumkin.

“Undan tashqari bu xorijiy fuqarolar tomonidan Rossiyada amalga oshirilayotgan jinoyatlar soniga nisbatan 3-4 marotaba kam”, — deyilgan tahliliy markaz hisobotida.

Markaz mutaxasislari fikrga ko‘ra Markaziy osiyolik migrantlarga nisbatan sodir oshirilayotgan jinoyatlar soni unchalik ko‘p emas.

Buni “Sova” nodavlat notijorat jamoat tashkiloti  olib borgan kuzatuvlardan ham bilib olish mumkin. Sova ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada 2010-yildan 2017-yilga qadar millatchilik tufayli sodir etilayotgan jinoyatlar soni 15 baravar kamaygan (419 tadan – 28 tagacha). Markaziy Osiyo fuqarolariga nisbatan 8 baravar kamaygan (91tadan – 11 tagacha).

Leningrad guruhi solisti Sergey Shnurov - Sputnik O‘zbekiston
Sergey Shnurov Markaziy Osiyolik migrant bilan rep kuylash niyatida

“Sova” NNT mutaxassislari fikriga ko‘ra, Rossiya jamoatchiligida millatchilikning kamayishiga asosan ikki narsa sabab bo‘lgan:

Millatchi-ekstremist guruhlarga qarshi hukumatning keskin kurashi. Birinchidan, ushbu toifadagi jinoyatlarga keskin jazo berila boshladi.

Ukraina voqealari. Qo‘shni davlatda millatchi kuchlar yordamida yuz bergan fojeadan keyin Rossiya aholisining katta qismi millatchilik g‘oyasi haqida o‘z dunyoqarashini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi. Jamiyatda bir millatning ikkinchisi ustidan ustunligi haqidagi gap-so‘zlar keskin kamaydi. Shuningdek, millatchilikni qo‘llab-quvvatlovchi mitinglar va OAVlarda ushbu g‘oyani yoqlovchi maqolalar soni ham keskin kamaydi.

Yevroosiyo tahliliy maqolasining so‘nggida Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari o‘z mamlakatlari Rossiyadan ko‘ra ko‘proq vafot etayotgani qayd etilgan. Xususan, har 100 ming kishiga Qirg‘izistonda – 556ta, Tojikistonda – 410ta o‘lim to‘g‘ri keladi. Rossiyada yashayotgan qirg‘iz va tojiklar orasida ushbu ko‘rsatgiya 4-5 baravar kam.

 

Yangiliklar lentasi
0