TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. "Leningrad" guruhi solisti Sergey Shnurov Markaziy Osiyodan kelgan reper-migrantga o‘z jamoasi safidan o‘rin ajratmoqchi ekanligini ma’lum qildi.
Shnurovning so‘zlariga ko‘ra, u anchadan buyon jamoasida aynan o‘zbek yoxud tojik millatiga mansub xonanda bo‘lishini orzu qilib kelar ekan.
"Men anchadan buyon bir g‘oya tug‘ilgan: men o‘z guruhimga tojik reperni qabul qilib, gastarbayter-repni tashkil qilmoqchiman. Negaki gastarbayterlar ko‘p, biz hammamiz ularni bilamiz, biz ular bilan muloqot qilamiz va ularning ham aytilmay qolayotgan gaplari ko‘p. Bu odamlar qanday hayot kechirishlari biz uchun qorong‘u. Bu biz uchun juda qiziq, axir ular butun boshli ijtimoiy qatlamni tashkil qiladi. Shu bois, g‘oya bor, ammo hozircha tojikni topganim yo‘q", — deb hikoya qilgan Sergey Shunrov.
Boshlovchilarning, "Sizga mabodo tojik emas, o‘zbek millatiga mansub ijrochi qo‘ng‘iroq qilib qolsa, u holda qanday yo‘l tutasiz?", — degan savoliga Shnurov bu muhim emasligini, u "sharq" millatiga mansub har qanday ijrochi bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.
"Leningrad" guruhi 20-yildan ortiq muddatdan buyon mavjud bo‘lib, o‘zining bezorilik yo‘nalishidagi qo‘shiqlari bilan mashhur. Guruh qo‘shiqlari orasida ko‘pincha axloq-odobga to‘g‘ri kelmaydigan so‘zlar ishlatiladi.