O‘zbek xonandasi Shahlo Safarova bilan eksklyuziv suhbat

© Iz lichnogo arxiva Shaxlo Safarovoy / Iz lichnogo arxiva Shaxlo SafarovoyPevitsa Shaxlo Safarova
Pevitsa Shaxlo Safarova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu kunlarda Moskvaga gastrollarga kelgan o‘zbek xonandasi Shahlo Safarova Sputnik tahririyatiga eksklyuziv intervyu berdi.

Sputnik muxbiri o‘zbek xonandasi Shahlo Safarova bilan suhbatlashdi.

Hayot va ijodingiz haqida aytib bering.

Ko‘p farzandli oilada Qozog‘istonning Shimkent shahrida tug‘ilganman. Mening bobom ko‘p savob ishlarni qilishgan. Ular 2 ta yetim ukraina va qozon millatiga mansub qizlarni voyaga yetkazishgan. Bizning xalqlar do‘stligi oilasiga o‘xshaydi. Chunki sobiq sovet ittifoq bizga ta’sir qilgan. Oilamizda onam ham rus farzand boqib katta qilgan. Uning Aleksandr Pavlovich ismini Irisqulov Doniyor qo‘yganmiz. O‘zim uni ikkita o‘g‘il ukalarimdan kam ko‘rmayman. Ijodimni boshlaganimda pullarni ko‘proq shu ukamga harajat qilishga harakat qilganman.

Pevitsa Lola Yuldasheva - Sputnik O‘zbekiston
Eksklyuziv: Lola Yo‘ldosheva Rossiyadagi hayoti va ijodi haqida intervyu berdi

Hayotingizda kasb tanlashingizga ta’sir qilgan voqea yoki inson bo‘lganmi?

Kasb tanlashimga onam sababchi bo‘lganlar. Chunki kichikligimda ularning qo‘shiqlarini eshitardim. Otam 4 yoshimda o‘tib ketgan. Amakim aytishlariga ko‘ra, otam ham juda chiroyli ovozga ega bo‘lgan. Birinchi ustozim, kompozitor Alisher Ikromov bo‘lgan. Taniqli o‘zbek xonanda Yulduz Usmonova qo‘shiqlarida o‘sganman.

Ijodingiz nimadan boshlangan?

Ijodim konsert va to‘ylardan boshlangan. Ilk bor televideniyada Alisher Ikromov boshchiligidagi orkest bilan chiqa boshladi. Mendan birinchi intervyuni Shuhrat Qayumov olgan. O‘zbek xalq shoiri Xurshid Davron menga juda katta yordam bergan.

Oilangiz haqida aytib bering? Nechta farzandlaringiz bor?

Bir nafar o‘g‘lim bor. Eng katta baxtim va taxtim shu o‘g‘limdir.

Qanday mukofotlaringiz bor?

Vatan qo‘shiq tanlovida viloyat bo‘yicha "Vatan" qo‘shig‘i bilan birinchilikni olganman. Ko‘nglim hurmat qilgan inson Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati hokimi bo‘lgan vaqtlarda o‘qituvchilar kuniga bag‘ishlangan hayriya konsertida estalik devor soatini sovg‘a qilgan.

Hayotda ushalmagan orzularingiz bormi?

Albatta ushalmagan orzularim bor. Xalqlar do‘stligi saroyida katta konsertlar berish niyatim bor. Avval 5-6 yil Toshkentdagi "Zarafshon" zalida konsert berganman. Ko‘proq hayriya — xotin-qizlar kunlari, qariyalar uylarida konsertlar qilganmiz. Kam ta’minlanganlarni hayriya qilib chaqirardik. Orzularim — xalqni dardini ko‘proq kuylash, qo‘shiqlarim ularga yetib borishni xohlardim.

Ayollarni kuchi nimada deb o‘ylaysiz?

O‘ylaymanki, ayollarning kuchi — latofatda, go‘zallikda, iffatda.

Hayotingizni qay darajada sevasiz?

Bir narsadan mamnunmanki, xalqqa xizmat qilayotganim, yaxshilik qilayotganim. Qo‘shiqlarim bilan yaxshilikni qalblarga yetkaza olayotganim, shu bilan faxrlanman va bundan ilhomlanib, xursand bo‘lib yashayman. San’atim meni hayot g‘am tashvishlaridan chalg‘itadi.

Pevitsa Nilufar Usmanova - Sputnik O‘zbekiston
Nilufar Usmonova beshinchi farzandini kutmoqda

Eng baxtsiz ayol qanaqa ayol deb hisoblaysiz?

Farzandi yo‘q ayol bo‘lsa kerak deb o‘ylayman. Chunki onalik katta baxt.

Nega oxirgi vaqtlarda ijodingizda tanaffuz? Yana ijodda aktiv bo‘lib, konsert berishni xohlaysizmi?

Ha albatta, hayotda ancha ijodimda tanaffuz bo‘ldi. Konsert, televideniyadan chiqmay qoldim, lekin baribir mayda kichik konsertlar tashkil qilib, har doim ijod bilan shug‘ullanib kelaman. Daromadim faqat shu qo‘shiqlarim orqali. Hozir men Moskvaga gastrollarga kelishdan oldin prezident Shavkat Mirziyoyev qabulxonasiga telefon qildim. Shunda ko‘p narsalarni aytib o‘tdim, masalan, litsenziya qimmat, ko‘plar to‘la olmaydi. "O‘zbeknavo yordam berib, qo‘llab-quvvatlasa qo‘shiqlarim, katta konsertlar qilsam yordam berishsa" — deb iltimos bilan chiqqandim. Bu murojaatim ijobiy hal bo‘ldi. O‘zbeknavodan 3 ta xat keldi. "Moskvadan qaytganizda, qo‘shiqlaringiz va kliplaringizni olib kelishingizni so‘raymiz, televideniya va radiolarda namoyish qilish uchun", — deb aytishdi.  Men baribir butun umr o‘zbek xalqiga xizmat qilib kelganman.

Uzbekskie artisti speli Vo imya mira - Sputnik O‘zbekiston
Mashhur xonandalar "Tinchlik uchun” qo‘shig‘ini ijro etishdi

Rossiyadan ketsam albatta O‘zbekistonda televideniya va radio orqali qo‘shiqlarim xalqimiz eshitib qoladi.

O‘zbek san’atkorlar ijodi haqida qanday fikrdasiz, o‘zbek xonandalarini qo‘shiqlarini tinglaysizmi? Kimning ijodi ko‘proq yoqadi, xonandalardan ko‘proq kimga xavas qilasiz?

Har bir san’atkorning o‘z yo‘li bor. O‘zbek xonandalari, eski ustoz san’atkorlar — Yulduz Usmonovani qo‘shiqalarini eshitaman. Ko‘proq ilhom bag‘ishlaydigan kuylarni tinglayman.

O‘zbek xonada va aktirasalarining ibo-hayosi, kiynib yurishiga haqida qanday fikrdasiz. Rasmlarni internetga qo‘yishiga qanday qaraysiz?

O‘ylaymanki, hamma narsa chiroyli va meyorida bo‘lishi kerak. Chunki san’atkor xalq ko‘radi, san’atkor qanchalik o‘zini odob bilan o‘zini tutsa, xalq shundan ibrat oladi. Ko‘proq san’atkorlar kiyinib yurishi, qanaqa o‘zini tutishi, madaniyat xodimi o‘zini ijobiy namuna sifatida o‘zini ko‘rsata bilashi kerak.

San’atda yulduz bo‘lish uchun iste’dodni o‘zi yetarli deb o‘ylaysizmi? Jonli ijroda necha kun konsert berishga kuchingiz yetadi?

Hozirgi paytda san’atkor yulduz bo‘lishi uchun iste’dodni o‘zi yetarli emas bo‘lib qoldi. Chunki hamma yoq shou-biznes bo‘lib ketgan, hamma narsa pulga taqaladi. Homiylarsiz juda qiyin. Jonli ijroda qo‘shiq aytishga keladigan bo‘lsak, niyatim borki, yulduzlarimiz qatorida ikki hafta konsert berishga niyatlarim bor.

Rossiyada ijodingiz haqida aytib bering, konsertlar haqida aytib bering? Kelgusida qanday rejalaringiz bor?

Rossiyaga o‘tgan yil yoz mavsumida keldim. Bu yerda ham konsert berishni boshladim. Ko‘proq Sankt-Peterburgda ishlarim yurishib konsertlar berdik. Hozir Moskvada 2-3 ta joyda konsert berdim. Rejalarim xalqqa xizmat qilishdir.

Endi xonandalar yotoqxona va boshqa xosxonalarda yonboshlab qo‘shiq aytmaydi

Yangi qo‘shiqlarimdan "Meni hafa qilma", "Vatan", "Yigit yig‘lamasin" qo‘shiqlarini tayyorlaganman. Ayrimlari yozilib bo‘ldi, nasib qilsa teleradio eshitirishlar orqali namoyish qilinadi.

Yana bir orzuim chet elda ishlab, qora mehnat qilib O‘zbekistonni budjetini to‘ldirayotgan, begona yurtlarda azob-uqubatlar yuz tutib shunchalik mehnat qilib birini ikki qalayotgan vatandoshlarimiz uchun qo‘shiq yaratish niyatim bor. Bu borada she’rlar yozganman.

Rus tilida ham "Ne obijay menya", "Ya jizn otdam za tebya" qo‘shiqlarim bor.

Qo‘shiqlarga xalq shoirlari she’rlaridan olaman.

O‘zbekcha qo‘shiq mualliflari ko‘proq orkestrda aytgan qo‘shiqlarimni Alisher Ikromov, Zokirjon Otaboyev so‘zlariga yozilgan.

Yangiliklar lentasi
0