TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tarkibida kadrlar o‘zgarishi sodir bo‘ldi. Bu haqida vazirlik sahifasida xabar qilingan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Jizzax va Navoiy viloyatlari IIBlariga hamda Ichki ishlar vazirligining Tibbiyot boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi.
Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga general-mayor Qodirov G‘ayrat Toirovich tayinlandi.
Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga polkovnik Tursunov Rustam Raxmonovich tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Tibbiyot boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga mayor Nishanov Shuxrat Yusupovich tayinlandi.