Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyga boradi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishVstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova
Vstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi 23-24-aprel kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi

 

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov rahbarligidagi delegatsiya 2018-yilning 23-25 aprel kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyuradi.

Delegatsiya Samarkandskoy oblasti sovershila vizit v Kitay - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandlik tadbirkorlarga Xitoyda alohida savdo maydonchasi ajratiladi

 Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi 23-24-aprel kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

"Hindiston Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi TIV rahbarlari Sindao shahrida (XXR) Xitoy raisligida bo‘lajak ShHT Sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qiladilar", — deyiladi xabarda.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan Pekin shahrida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0