Samarqandlik tadbirkorlarga Xitoyda alohida savdo maydonchasi ajratiladi

© Press slujba xokimiyata Samarkandskoy oblastiDelegatsiya Samarkandskoy oblasti sovershila vizit v Kitay
Delegatsiya Samarkandskoy oblasti sovershila vizit v Kitay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘z navbatida xitoylik investorlar Samarqandda bir qator loyihalarni amalga oshiradi

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning Sian shahridagi xalqaro logistika markazida viloyatning investitsion imkoniyatlari hamda eksport salohiyati mavzuyida biznes-forum o‘tkazdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xitoyga tashrifning birinchi kunida qiymati 23,6 mln. dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qilish hisobiga 3 ta loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Jumladan, qizilmiya ekstrakti va kimoviy mahsulotlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishda 12,6 mln dollarlik, kimoviy o‘g‘itlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishda 10 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni yo‘naltirish bo‘yicha memorandum hamda meditsina sohasida bir marta ishlatiladigan lateks qo‘lqoplar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish uchun 1 mln. dollarlik asbob-uskunalarni sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Stend kompanii UzAuto - Sputnik O‘zbekiston
Xitoydagi avtobus ishlab chiqaradigan kompaniya "O‘zavtosanoat" bilan hamkorlik qilmoqchi

Xabarda aytilishicha, Sian shahri vitse-meri samarqandlik tadbirkorlarga o‘z mahsulotlarini sotishlari uchun Sian quruqlik portidan alohida savdo maydonchasi ajratishni hamda ushbu savdo maydonchasi uchun hech qanday to‘lov undirilmasligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, turizm bo‘yicha ham o‘zaro aloqalarni mustahkamlash yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan Samarqanddagi sayyohlik agentliklarining takliflari ma’qullanib, bir qator shartnomalar imzolashga erishildi.

Shuningdek, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti va Sian shahri universiteti o‘rtasida turistik agentligi tashkil etish to‘g‘risida hujjatlar imzolandi.
O‘zbekiston delegatsiyasi "Shaanxi Coal & Chemical Industry group Co., LTD" korporatsiyasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Korporatsiya direktori Yan Guanlao bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda rahbariyat tomonidan tuzilgan ishchi guruhi yaqin vaqtlarda investitsiya kiritish loyihalarini o‘rganish uchun Samarqand viloyatiga borishi ta’kidlandi. E’tirof etilishicha, hamkorlar viloyatda sement hamda fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qiziqish bildirgan.

© Press slujba xokimiyata Samarkandskoy oblastiDelegatsiya Samarkandskoy oblasti sovershila vizit v Kitay
Delegatsiya Samarkandskoy oblasti sovershila vizit v Kitay  - Sputnik O‘zbekiston
Delegatsiya Samarkandskoy oblasti sovershila vizit v Kitay

"China Volant Industry Corporation" korporatsiyasi rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda korporatsiya menejeri Van Sichen rahbarligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrif buyurishi va Samarqand viloyatida issiqxona qurish uchun zarur bo‘ladigan jihozlarni ishlab chiqarishni tashkil etish va o‘rnatishga kelishildi.

Tashrifning ikkinchi kunida 20 nafar tadbirkor va Xitoyning 18 ta kompaniyasi o‘rtasida umumiy qiymati 88,9 mln. dollarga teng bo‘lgan 17 ta shartnoma va memorandum imzolandi.

Shuningdek, XXR Musulmonlari assotsiatsiyasi raisi bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakuniga ko‘ra, ziyorat turizmi yo‘nalishida har yili o‘rtacha 100 ming nafar ziyoratchilarni O‘zbekistonga, jumladan Samarqandga jo‘natish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Yangiliklar lentasi
0