TOShKENT, 20 apr – Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya va AQSh o‘rtasida bevosita harbiy to‘qnashuv yuz bermasligiga ishonadi, deb yozadi RIA Novosti.
“Mudofaa vaziri Mettis va AQSh Qurolli kuchlari shtab boshliqlarining birlashgan qo‘mitasi raisi Danford Rossiya va AQSh o‘rtasida bevosita harbiy to‘qnashuvga olib keladigan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini tushunishadi, deb o‘ylayman. Menimcha, bu narsani harbiylar tushunmasligi mumkin emas. Va ular boshqa ko‘pchilikdan ko‘ra yaxshiroq tushunishadi”, — dedi u.
Lavrov Rossiya o‘z manfaatlarini ultimatum tarzida himoya qilishga intilmasligini ta’kidladi.
“Biz kelishish uchun manfaatlar muvozanatini topishni taklif etamiz, ular esa qachonki biz nima desak rozi bo‘lsangizgina kelishishimiz mumkin deyishadi. Mana, gap nimada. Harbiy to‘qnashuv xavfi haqidagi savolga kelsak, yuz foiz ishonch bilan aytishim mumkinki, harbiylar bunga yo‘l qo‘yishmaydi va albatta Putin ham, Tramp ham bunga yo‘l qo‘yishmaydi. Ular o‘z xalqlari tomonidan saylangan yetakchilar, ular bu xalqlar oldida tinchlik va osoyishtalik uchun javobgar”, — dedi Rossiya TIV rahbari.