AQSh Rossiyaga sanksiya kiritishdan vaqtincha voz kechdi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoBeliy Dom v Vashingtone
Beliy Dom v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu bilan birga Amerika hukumati choralar kiritishdan voz kechmaydi, faqat Rossiyaning o‘zini qanday tutishini kutib turadi

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiya Federatsiyasiga nisbatan yaqin vaqt ichida sanksiyalar kiritishni rejalashtirmayapti. Shaxsan mamlakat prezidenti Donald Tramp ana shunday farmoyish berdi, deb xabar qildi RIA Novosti prezident ma’muriyatidagi manbasiga tayanib.

SPUTNIK_Protesti v SShA protiv udarov po Sirii - Sputnik O‘zbekiston
AQShda Suriya bombardimon qilinishiga qarshi namoyishlar o‘tkazildi

Shu bilan birga Amerika hukumati choralar kiritishdan voz kechmaydi, faqat Rossiyaning o‘zini qanday tutishini kutib turadi.

Yakshanba kuni Vashington "Rossiyaga qarshi sanksiyalar tayyor"ligini bildirgandi. Oq uy Kremlni Suriya yetakchisi Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlashda ayblamoqda. U kimoviy qurol qo‘llashda gumon qilinmoqda.

Avvalroq AQSh Rossiya va Suriyani Sharqiy G‘utadagi kimoviy hujumlarda ishtirok etganlikda ayblagandi. Amerika harbiylari Fransiya va Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda Suriyadagi uchta obyektga zarba berishi oqibatida uch kishi jarohatlangandi. Rossiya TIV Suriya harbiylari xlorli bombadan foydalanishgani haqidagi xabarni rad etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0