O‘zbekistonda bugundan petitsiya qabul qiluvchi portal ishga tushadi

Obuna bo‘lish
www.meningfikrim.uz portali O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi qonunchilik muammolari va Parlament tadqiqotlari instituti hamda qator mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishlab chiqildi

TOShKENT, 20 apr – Sputnik. Bugun 20-aprel soat 16.00da “Mening fikrim” maxsus veb-portali ishga tushirilib, fuqarolardan elektron jamoaviy murojaatlarni qabul qila boshlaydi. Bu haqda Taraqqiyot strategiyasi markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 23-avgusta prinyal pervogo zamestitelya Predsedatelya pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Igorya Shuvalova - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev 2018-yil uchun Davlat dasturini tasdiqladi

Xabarda bildirilishicha, elektron murojaatlar kiritish quyidagi 4 bosqichda amalga oshiriladi: avtorizatsiya va murojaatni yaratish, ekspertiza va murojaatni joylash, murojaatga ovoz berish hamda murojaatni ko‘rib chiqish.

Eslatib o‘tamiz, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida “Mening fikrim” maxsus veb-portali yaratilishi belgilangan edi. Bunda internet tarmog‘ida Parlament va fuqarolar o‘rtasida elektron jamoaviy murojaat kiritish imkoni beruvchi maxsus maydon yaratish nazarda tutilgan edi.

www.meningfikrim.uz portali O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi qonunchilik muammolari va Parlament tadqiqotlari instituti hamda qator mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishlab chiqildi.

Yangiliklar lentasi
0