TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 2018-yilning 1-choragida 33 mlrd so‘m mablag‘ moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan. O‘tkazilgan 844 ta nazorat tadbirlaridan 661 tasida qonun buzilish holatlari aniqlangan. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda bildirilishicha, kamomad va o‘zlashtirishlar 5,1 mlrd so‘mni, noqonuniy xarajatlar 24,8 mlrd so‘mni va Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan maqsadsiz ishlatilgan mablag‘lar 3,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Nazorat tadbirlarini o‘tkazish jarayonida va uning natijalari yuzasidan berilgan ko‘rsatmalarga asosan aniqlangan 20,8 mlrd so‘m miqdoridagi noto‘g‘ri sarflangan mablag‘lar belgilangan tartibda tiklanishi ta’minlandi.
Shuningdek, budjet intizomini buzgan budjet tashkilotlarining 32 nafar rahbar va mansabdor shaxslari 16,7 mln.so‘m miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Davlat maqsadli va moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan 127 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, ularning 94 tasida 5,2 mlrd.so‘m kamomad, o‘zlashtirish va noqonuniy xarajatlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Aniqlangan noo‘rin va maqsadsiz xarajatlardan 3,1 mlrd.so‘mi belgilangan maqsadlarga qayta yo‘naltirildi va 1 mlrd.so‘mi belgilangan tartibda tiklandi, 3,3 mlrd.so‘m miqdorida moliyaviy qonun buzilishlar aniqlangan 98 ta tekshirish materiallari qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.
Hukumat va huquqni muhofaza qilish organlarining qaror va farmoyishlariga asosan 64 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy xo‘jalik faoliyati yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazilib, shundan 35 tasida 17,4 mlrd.so‘m miqdorida noqonuniy xarajatlar aniqlandi hamda tekshirish materiallari qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.
Ushbu subyektlarda aniqlangan 8,6 mlrd.so‘m miqdoridagi noqonuniy xarajatlarni tiklanishi ta’minlandi.
Hukumat tomonidan kafolatlangan kredit, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi va boshqalar bo‘yicha 27 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, ularning 22 tasida 1,3 mlrd.so‘m miqdorida kamomad, o‘zlashtirish va noqonuniy xarajatlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, shundan 1,1 mlrd.so‘mi belgilangan tartibda budjetga tiklanishi ta’minlandi.
Hisobot davrida Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalariga jismoniy shaxslardan jami 199 ta murojaat kelib tushdi, shundan 53 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa idoralarga yuborildi, 26 tasi bir xil mavzuda takroriy murojaatlarni tashkil qiladi, 12 tasi anonim deb topildi.
Jismoniy shaxslarning 96 ta murojaat o‘rganib chiqildi, shundan ularda qayd qilingan holatlar 12 tasida to‘liq, 30 tasida qisman tasdiqlandi va 54 tasida o‘z isbotini topmadi.
Shuningdek, jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha 98 mln.so‘m miqdorida moliyaviy xatoliklar aniqlangan 13 ta o‘rganish materiallari huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.