Korrupsiyaga qarshi komissiyaga bosh prokuror boshchilik qiladi

© Foto : janeb13Pora
Pora - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur komissiya qarorlarini bajarish barcha davlat hukumat va boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-fevral kuni 2017-2018 yillarda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturini tasdiqladi.Hujjat matni Lex.uz qonunchilik hujjatlari bazasida keltirildi.

Hujjatga muvofiq, bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tashkil etiladi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi

Mazkur komissiya qarorlarini bajarish barcha davlat hukumat va boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
Komissiya tarkibidan Adliya vazirligi, IIV, DSQ, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va Xo‘jalik sudlari, Savdo-sanoat palatasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Qonunchilik palatasi va Senat qo‘mitalari, "Mahalla" va "Nuroniy" jamg‘armalari, "Kamolot" harakati, ombudsman va boshqa tuzilmalar rahbarlari o‘rin oldi.

Davlat dasturida jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish Milliy dasturini ishlab chiqish belgilangan bo‘lib, u orqali mamlakatda huquqiy ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar tashviqotini tubdan yaxshilash ko‘zda tutilgan.

Budjet mablag‘larini shakllantirish va sarflash jarayonining shaffofligini hamda ularning taqsimlanishi haqidagi ma’lumotlarning ommabopligini ta’minlash sohasida qo‘shimcha antikorrupsion chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0