Rossiya TIV: Skripallarning zaharlanishini katta ehtimol bilan Britaniya uyushtirgan

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishGorod Solsberi v Velikobritanii, gde bili otravleni S. Skripal i yego doch
Gorod Solsberi v Velikobritanii, gde bili otravleni S. Skripal i yego doch - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Skripallar ishida London Rossiyani aybdor deb e’lon qilgan, lekin hozircha hech qanday aniq isbot keltirgani yo‘q

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Rossiyalik sobiq razvedkachi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning zaharlanishi Rossiyani obro‘sizlantirish maqsadida katta ehtimol bilan Britaniya maxsus xizmatlari tomonidan uyushtirilgan, dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Gorod Solsberi v Velikobritanii, gde bili otravleni S. Skripal i yego doch - Sputnik O‘zbekiston
KQTT Skripallar nima bilan zaharlanganini aniqladi, lekin aytmaydi

"Katta ehtimol bilan rossiyalik fuqarolarning Solsberida zaharlanishi bilan bog‘liq voqea manfaatli bo‘lgan va balki Rossiya hamda uning siyosiy rahbariyatini obro‘sizlantirish maqsadida Britaniya maxsus xizmatlari tomonidan uyushtirilgan. Tarixda Buyuk Britaniya ilgarilari ham bunday ishlar bilan muntazam shug‘ullanib kelgan. Bu qadam konservativ hukumatning mamlakatimizni yovuz qilib ko‘rsatish bo‘yicha umumiy rusofob chizig‘iga mos tushadi. Bundan tashqari, Buyuk Britaniya milliy xavfsizlik strategiyasi hamda Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza meyning o‘tgan yil oxirida ziyofatda so‘zlagan nutqi ham buni tasdiqlaydi", — dedi u.

"Solsberidagi zaharlanishni tergov qilish doirasida Rossiya bilan hamkorlik qilishni qat’iyan rad etish, Londonning konsullik konvensiyasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini buzishi, KQTT bilan hamkorlikdan qochish va xolis tekshiruv o‘tkazish uchun kerakli hujjatlarning yashirilishi bunga yaqqol misoldir", — dedi Zaxarova.

Eslatib o‘tamiz, Skripallar ishida London Rossiyani aybdor deb e’lon qilgan, lekin hozircha hech qanday aniq isbot keltirgani yo‘q. Rossiya bu ishga aloqasi yo‘qligini ta’kidlab, ushbu ishni xalqaro Konvensiyaga muvofiq tekshirishni talab qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0