O‘zbekistonda jismoniy shaxslar bankka bormasdan mikrokredit olishlari mumkin bo‘ladi

Obuna bo‘lish
Yaqin kelajakda qo‘shimcha hujjatlarni to‘plamasdan va bankka tashrif buyurmasdan mikrokredit olish imkoni paydo bo‘ladi

TOShKENT, 19 apr – Sputnik. "Beeline O‘zbekiston" kompaniyasi O‘zbekiston banklari plastik kartalari egalari bo‘lgan o‘z abonentlari uchun mobil mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish imkonini beradigan yangi mahsulot ishlab chiqardi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Aholiga mikrokreditlar qisman naqd pulda berilishi mumkin

Xabar qilinishicha, yaqin vaqt ichida MyCredit xizmati "Beepul" ilovasida paydo bo‘ladi, u shuningdek Payme tizimida ham amal qiladi.

Dastlab internet orqali mikrokredit olishni "Aloqabank" to‘lov kartasiga ega bo‘lgan "Beeline" abonentlari sinovdan o‘tkazishlari mumkin. "Beeline" xizmat sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng kompaniya istalgan mahalliy bank tizimiga va boshqa to‘lov xizmatlariga innovatsion mahsulotini joriy etishga tayyorligini bildirmoqda.

Kompaniyaning bildirishicha, yaqin kelajakda MyCredit bilan 24 soat mobaynida 5 kundan 30 kungacha qo‘shimcha hujjatlarni to‘plamasdan va bankka tashrif buyurmasdan mikrokredit olish imkoni paydo bo‘ladi. Boshlang‘ich bosqichda mikrokreditlar miqdori 200 ming so‘mdan 1 mln 700 ming so‘mgacha (taxminan eng kam ish haqining 10 barobari) bo‘lishi mumkin.

Aytish joiz, onlayn tarzda mikrokreditlar berish xizmati ilk bor ishga tushirildi, bu bosqichda mahsulot sinovdan o‘tkazilmoqda

Yangiliklar lentasi
0