Aholiga mikrokreditlar qisman naqd pulda berilishi mumkin

Obuna bo‘lish
Mikrokreditlar hududlarda aholi bandligini ta’minlash, ular tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishini tashkil etish, shaxsiy tomorqa uchastkalarida mahsulot yetishtirish va chorvachilik bilan shug‘ullanish uchun ajratiladi

TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Aholiga uch oydan olti oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan, eng kam ish haqining yuz baravari miqdorigacha yillik 7 foiz stavkada uch yil muddatga mikrokreditlar ajratiladi.

Bu Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan aholi bandligini ta’minlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilandi.

Kupuri nomiralom patdesat tisach sum - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yosh tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar berish boshlandi

Unga ko‘ra tuman (shahar)dagi sektor rahbari, tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari — xotin-qizlar qo‘mitasi hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raislari tomonidan beriladigan tavsiyanoma asosida aholiga 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan, eng kam ish haqining 100 baravari miqdorigacha (17 224 000 so‘mgacha) yillik 7 foiz stavkada 3-yil muddatga mikrokreditlar ajratiladi.

Nizomda qayd etilishicha, banklar ichki kredit siyosatiga muvofiq qarz oluvchilarga ta’minot turlaridan birini (garov, kafil, sug‘urta polisi) talab qilmasdan blankli (ishonchli) kredit berish huquqiga ega. Bunda bank qarz oluvchi tomonidan olingan mikrokreditni qaytarmaslik xatarini sug‘urta qilishi shart.

Mikrokreditlar pul o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi. Shu bilan birga, maqsaddan kelib chiqqan holda mikrokredit summasining 30 foizi naqd pul ko‘rinishida berilishi mumkin.

Mikrokreditlar hududlarda aholi bandligini ta’minlash, ular tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishini tashkil etish, shaxsiy tomorqa uchastkalarida mahsulot yetishtirish va chorvachilik bilan shug‘ullanish uchun ajratiladi.

Yangiliklar lentasi
0