Olimlar plastikni chiritadigan bakteriya topishdi

© AFP 2023 / Issouf SanogoSmetiště
Smetiště - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yilda Yaponiyadagi chiqindixonalardan birida plastik chiqindilarni 1000 baravar tezroq chiritadigan bakteriya aniqlangan edi.

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Yaponiyalik olimlar plastik butilkalarni bir necha kun ichida yo‘q qiladigan ferment aniqlishdi, deb xabar qilmoqda Engadget nashri. Yangi bakteriya ayniqsa PET butilkalarni yaxshi qayta ishlaydi.

2016 yilda Yaponiyadagi chiqindixonalardan birida plastik chiqindilarni 1000 baravar tezroq chiritadigan bakteriya topishgan edi. Ayni damda olimlar uning tarkibini yaxshilab o‘rganib, uning xususiyatlarini kuchaytirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Britaniyaning Portsmund universiteti vakili Djon Makgixan aytishiga qaraganda ayni damda olimlar ushbu bakteriyaga plastikning boshqa turlarini ham  qayta ishlashni “o‘rgatishmoqda”.

Chiqindini qayta ishlash - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda chiqindi to‘plash tizimi achinarli ahvolda

Kelajakda ferment barcha turdagi plastik va uning hosilalarini qayta ishlashi mumkin bo‘ladi. Bakteriya yordmida qayta ishlangan plasti yangi plastik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xom-ashyoga aylanadi. Buning evaziga atrof-muhitga tashlanayotgan chiqindilar va neft iste’moli kamayadi.

Olimlar gen-muhandisligi yordamida ushbu bakteriyani erstremofill bakteriyalar bilan chatishtirib 70 gradusdan yuqori haroratga chidamli bakteriyalar turini yaratishni rejalashtirishgan.

Bunday haroratda plastik butilkalar eriy boshlaydi va uni qayta ishlash 100 baravarga tezlashadi.

Eslatib o‘tamiz, dunyo okeaniga har yili 8 million tonna plastik tashlab yuborilmoqda. Buning oqibatida dengiz mavjudotlari qurbon bo‘lib, tabiiy muhitga ulkan zarar yetkazilmoqda. Shamol va okeandagi oqimlar tufayli eng ulkan plastik axlatxonasi Havai orollari va Kaliforniya orasida jamlangan.  

The Ocean Cleanup kompaniyasi maxsus ishlab chiqarilgan suzuvchi to‘siqlar yordamida okeanni chiqindilardan tozalashni niyat qilgan. Ular aytishiga qaraganda bunday moslama yordamida 5-yil ichida okendagi chiqindilarning 50%ini yig‘ib olsa bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0