O‘zbekistonda meva va sabzavotlar eksportini nazorat qiluvchi laboratoriyalar ochiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOvoshi na Mejdunarodnoy vistavke "Uzbekistan na Shelkovom puti"
Ovoshi na Mejdunarodnoy vistavke Uzbekistan na Shelkovom puti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yil yakuniga qadar barcha viloyatlarda zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan karantin laboratoriyalarni barpo etish ko‘zda tutilgan.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. 2019-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston barcha viloyatlarida meva va sabzavotlarni eksport qilishni nazorat qiluvchi laboratoriyalar ish faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu borada prezident qarori milliy qonunchilik bazasida berildi. 

Ushbu hujjatga asosan 2018-2020 yillar uchun o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyati takomillashtirish chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Prilavok s fruktami i ovoshami - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga ekzotik mevalarni yetkazib berishni rejalashtirmoqda

Hujjatda qayd etilishicha, o‘simliklar karantini sohasidagi milliy qonunchilikni xalqaro normalar va qoidalarga muvofiqlashtirish yuzasidan faol ishlar olib borilmayapti, buning natijasida xorijiy hamkorlar tomonidan mahalliy mahsulotlarning o‘rnatilgan standartlarga muvofiq emasligi o‘z davlatlarining bozorlariga olib kirilishini rad etish holatlari qayd etilmoqda.

2020 yil yakuniga qadar barcha viloyatlarda zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan karantin laboratoriyalarni barpo etish ko‘zda tutilgan.

Ushbu dastur O‘zbekiston o‘simliklar karantini sohasidagi xalqaro shartnomalarga, shu jumladan, O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha xalqaro Konvensiyaga (Rim, 1951-yil) qo‘shilish hamda Yevropa ittifoqi, MDH, Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlarining karantin xizmatlar bilan o‘simliklar karantini sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha bitimlarni tuzish nazarda tutilgan.

2017 yil yanvar oyida O‘zbekiston va Rossiya meva va sabzavotlarni Rossiyaga olib kirishda fitosanitariya talablarga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha bayonnoma imzolangan. Shuningdek, tomonlar fitosanitariya nazorati sohasida "yashil yo‘lak"ni tashkil qilish bo‘yicha ishlarni yakunlashmoqda. Ikki davlat nazorat xizmatlari yagona "Argus Fito" elektron tizimda ishlashmoqda. Shu bilan birga, Rossiya qishloq xo‘jaligi nazorat tomonidan sifatsiz meva va sabzavotlar aniqlangan holatlar bo‘yicha muntazam ravishda axborot bermoqda.

Yangiliklar lentasi
0