O‘zbekistonda xalqaro islom akademiyasi va diniy telekanal tashkil qilinadi

© azculture.uzPrezentatsiya knigi "Koran"
Prezentatsiya knigi Koran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda diniy ta’limning barcha bosqichlarini qamrab oluvchi yangi ta’lim muassasi va “Ziyo” diniy-ma’rifiy media markazi tashkil qilinmoqda.

TOShKENT, 17 apr – Sputnik. O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan bir necha diniy ta’lim muassasalar faoliyatini umumlashtiruvchi, yangi ta’lim muassasasi — O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil qilinadi. Bu haqida prezidentning yangi qarorida aytib o‘tilgan.

Yangi ta’lim muassasai O‘zbekiston musulmonlari idorasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita muassisligida bo‘ladi.

Qur’on ilmlari, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar (arab, fors, ingliz, rus, urdu, turk va b.) va boshqa xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud bo‘lgan sohalar bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan bo‘ladi.  

Xalqaro islom akademiyasi Diniy va dunyoviy bilim berishga ixtisoslashgan yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi va ushbu sohadagi ta’limning barcha bosqichlarini o‘z ichga qamrab oladi. Xususan:

  • o‘rta maxsusta’lim;
  • oliy ta’lim;
  • oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
  • malaka oshirish. 

Xalqaro Islom akademiyasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi — huquq va majburiyatlar bo‘yicha qayta tashkil etilayotgan O‘zbekiston islom akademiyasining hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetining huquqiy vorisi hisoblanadi.

Vo vremya slujbi v mecheti. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Islom akademiyasi tashkil etiladi

Xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilariga umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida sohaga tegishli fanlar bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tarkibiga kiruvchi mintaqaviy malaka oshirish filiallari tashkil qilinadi.

Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallarida imom-xatiblar, imom noiblari, diniy soha mutaxassislari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, oliy va o‘rta ta’lim muassasalarining sohaga tegishli pedagog kadrlari qayta tayyorgarlikdan o‘tadi va malaka oshiradi.

“Ziyo” media markazi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi asosiy media tuzilma — “Ziyo” media markazi tashkil etiladi. Uning asosiy vazifasi:  dinning asl insonparvarlik mohiyatini, O‘zbekistonlik allomalar islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan diniy-ilmiy merosini, diniy-ma’rifiy hayotdagi yangiliklarni jamoatchilikka yetkazish bo‘ladi.

Prazdnichnaya molitva v sobornoy mecheti Xazrati Imam - Sputnik O‘zbekiston
Diniy ulamolarning OAVlarda chiqishlari ko‘paytiriladi

Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda “Ziyo” media markazi ishini samarali tashkil etish maqsadida uni aloqa vositalari, keng qamrovli Internet tarmog‘i, zamonaviy telestudiya, televizion uskunalar jamlanmasi, kompyuter texnikalari, dasturiy ta’minot va boshqa texnika vositalari bilan ta’minlaydi.

Shuningdek, “Ziyo” media markazi 2021-yilning 1-mayiga qadar tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha zamonaviy telestudiya tashkil etish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, kompyuter va server texnikasi va boshqa moddiy-texnika resurslarini olib kirish uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etiladi.

Yangiliklar lentasi
0