Aripov: jamoat ishlari uchun 714 milliard so‘m ajratilgan, biroq hokimlar bundan "bexabar"

© Pravitelstvo Kirgizskoy respublikiPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuncha o‘zgarishlarga qaramay, o‘qituvchi va shifokorlarni majburiy mehnatga jalb etishni ayrim rahbarlar kundalik ish uslubiga aylantirgan", deydi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bugun o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida respublikada ayrim hududlarda o‘qituvchilar nafaqat obodonlashtirish ishlariga, balki uy-joy qurilishiga ham jalb etilgani haqida gapirdi, deb xabar qildi "Qalampir" nashri.

Daladagi ish - Sputnik O‘zbekiston
Vazir Majidov maktablardagi majburiy mehnat haqidagi savolni eshitmaslikka oldi

"Bolalar mehnati allaqachon tugatilgan bo‘lsa-da, ammo ta’lim va sog‘liqni saqlash xodimlarining majburiy mehnatga jalb etish juda keng tus olgan….Shuncha o‘zgarishlarga qaramay, o‘qituvchi va shifokorlarni majburiy mehnatga jalb etishni ayrim rahbarlar kundalik ish uslubiga aylantirgan", — deb ta’kidlagan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov.

Aripov shuningdek, Andijonda o‘qituvchilar muntazam majburiy mehnatga jalb qilinganligi va bunga viloyat hamda shahar hokimliklari rahbarlari bosh-qosh bo‘lishganini qo‘shimcha qilgan.

"Bundan tashqari, o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilinibgina qolmay, moddiy yordam berishga majbur qilingan. Ular qimmatbaho gul va daraxt ko‘chatlarini olib, hududlarga ekkanlar.

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi yangi qurilgan uy-joylarni esa o‘z mablag‘lari evaziga buyumlar olib, tozalaganlar", — degan Bosh vazir.

Aripov shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Bandlik va mehnat vazirligiga jamoat ishlari uchun 714 milliard so‘m ajratilganini biroq hokimlar bundan "bexabar"ligini qo‘shimcha qilgan va "ular "kasal", ular o‘qituvchi va shifokorlarni ishlatishi kerak", deb ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0