Vazir Majidov maktablardagi majburiy mehnat haqidagi savolni eshitmaslikka oldi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishDaladagi ish
Daladagi ish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Oliy ta’lim vaziri viloyatlarda o‘quv dargohlari xodimlarining qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilinishiga mahkama qanday qaraydi degan savolni javobsiz qoldirdi

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vaziri Inom Majidov xalqaro-press klub yig‘ilishi davomida jurnalist tomonidan viloyatlarda o‘quv dargohlari xodimlarining qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilinishi to‘g‘risidagi savoliga javob berishdan qochdi, deb xabar bermoqda O‘zbekistondagi mahalliy nashrlar.

Yevroparlament O‘zbekiston bilan to‘qimachilik protokolini ratifikatsiya qildi
OAV xodimi o‘z savolini og‘zaki aytib eshittirgach, klub moderatori undan mikrofonni olib qo‘yishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekistonda o‘quvchilar paxta dalalari ishlariga jalb qilinmayotgani haqidagi xabarni tasdiqlagan edi.

Xalqaro Mehnat tashkiloti eksperti Janna Kastaki Samarqandda bo‘lib o‘tgan bolalar va majburiy mehnatning oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi yuzasidan o‘tkazilgan seminar-treningda O‘zbekiston tez rivojlanayotgan davlatlar sirasiga kirgan holda bu yerda munosib mehnat sharoitlari bo‘yicha yaxshi natijalarga erishilayotgani, shuningdek, mamlakatda davlat budjeti mablag‘larining 40 foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan bir paytda bolalar mehnatining oldini olish yanada samarali natija berayotgani haqida gapirgan.

Yangiliklar lentasi
0