Tojik-o‘zbek chegarasini minalardan tozalash qachondan boshlanishi aytildi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishMnogofunksionalniy robototexnicheskiy kompleks razminirovaniya Uran-6
Mnogofunksionalniy robototexnicheskiy kompleks razminirovaniya Uran-6 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Minalardan tozalash ishlari boshlanganida jarayonni kuzatish uchun OAV vakillari taklif etiladi

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Tojikiston va O‘zbekiston chegara oldi hududlarni minalardan tozalash masalasi bilan shug‘ullanuvchi qo‘shma ishchi guruhi tashkil etdi, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston TojikTAga tayanib.

Flagi Uzbekistana i Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston xavfsizlik xizmatlari rahbarlari uchrashdi

"Umumiy chegarani minalardan tozalash katta ehtimol bilan shu yilning may oyi o‘rtalaridan boshlanadi", — degan manba TojikTAga.

U bugungi kunda Tojikiston va O‘zbekiston umumiy chegarasining qaysi uchastkalari minalashtirilgani haqidagi savolga javob bermagan.

"Bu ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi, lekin ishonchim komilki, minalardan tozalash ishlari boshlanganida jarayonni kuzatish uchun OAV vakillari taklif etiladi", — ta’kidlagan manba.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning 9-10 mart kungi Tojikistonga tashrifi O‘zbekiston prezidentining ushbu mamlakatga keyingi 18-yil davomidagi ilk tashrifi bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0