O‘zbekiston va Tojikiston xavfsizlik xizmatlari rahbarlari uchrashdi

Obuna bo‘lish
Ikki mamlakatning kuch ishlatish tizimlari vakillari xalqaro terrorchilik, diniy ekstremizm, narkotiklar va qurol yarog‘ning noqonuniy olib-sotilishi masalalarini muxokama qilishdi.

TAShKENT, 17 apr — Sputnik. O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev hamda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Saymumin Yatimov dushanba kuni Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalarini muhokama qilishdi, deb xabar qilmoqda "O‘zbekiston 24" telekanali.

“Tomonlar hududda xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilishdi. Ikki davlat xavfsizligi uchun umumiy bo‘lgan xavflarni zararsizlantirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi”,- deyilgan xabarda.

Biroz oldin Ixtiyor Abdullayev Afg‘oniston shimolida terrorchilarning faollashuvi, hamda Yaqin Sharq hududidan O‘zbekistonga jangarilarning qaytib kelishi respublikaga tahdid solayotgan yangi xavflar ekanini aytib o‘tgan edi. DXX rahbari, shuningdek qo‘shni respublikalar bilan chegaralar ochilishi ham O‘zbekistonga diniy-ekstremistik adabiyotlar, narkotik va qurol-yarog‘larning oqib kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 1-martdan boshlab O‘zbekiston va Tojikiston orasida 9ta nazorat-o‘tkazuv punktlari faoliyati qayta tiklangan edi. Shuningdek O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari uchun 30 kunga qadar vizasiz tartibda qo‘shni mamlakatga kirish tartibi o‘rnatilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0