Botkenda qirg‘iz-o‘zbek iste’dodli yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovVistuplenie detskix tansevalnix kollektivov na sentralnoy ploshadi Ala-Too
Vistuplenie detskix tansevalnix kollektivov na sentralnoy ploshadi Ala-Too - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Festivalda Qirg‘izistonning Botken va O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidan yuzdan ortiq yosh iste’dodlar qatnashadi

TOShKENT, 17 apr – Sputnik. Qirg‘izistonning Botken shahrida 17-20 aprel kunlari "Madaniyat – do‘stlik ko‘prigi" deb nomlangan qirg‘iz-o‘zbek yosh iste’dodlar festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda BMT Bolalar fondi (YuNISEF) ning Qirg‘izistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Molodeji Uzbekistana. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ilk bor “Yosh vatandoshlar” festivali bo‘lib o‘tadi

Xabarda aytilishicha, festivalda Qirg‘izistonning Botken va O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidan yuzdan ortiq yosh iste’dodlar qatnashadi.

"Mazkur yoshlar festivalini o‘tkazish tashabbusi Botken shahri va Farg‘ona viloyati hokimiyatlari tarafidan yangragani bizni xursand qiladi. Mahalliy organlar, qishloq va jamiyatlar darajasidagi hamkorlik uzoq muddatli o‘zaro bir-birini tushunish va do‘stlik uchun juda muhimdir", — dedi bu haqda YuNISEFning Qirg‘izistondagi vakolatxonasi rahbari Yukie Mokuo.

Festivalda yoshlar o‘z iste’dodlarini namoyish etishadi, Botken shahridagi diqqatga sazovor maskanlarga sayohat uyushtirishadi.

Yangiliklar lentasi
0