O‘zbekistonda ilk bor “Yosh vatandoshlar” festivali bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Tatyana MilkovichMolodeji Uzbekistana. Arxivnoe foto
Molodeji Uzbekistana. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Yosh vatandoshlar” festivalining maqsadi - dunyoning turli mamlakatlarida istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik yosh avlod vakillarini bir joyga jamlab, ularga respublikada bo‘layotgan yangiliklarni ko‘rsatish, ular bilan fikr almashishdir.

TOShKENT, 8 apr – Sputnik. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan 10-17 aprel kunlari O‘zbekistonda “Yosh vatandoshlar” festivali bo‘lib o‘tadi.

Ushbu festivalning maqsadi — dunyoning turli mamlakatlarida istiqomat qiluvchi o‘zbekistonlik yosh avlod vakillarini bir joyga jamlab, ularga respublikada bo‘layotgan yangiliklarni ko‘rsatish, ular bilan fikr almashishdir.

Predsedatel Sentralnogo soveta Soyuza molodeji Kaxramon Kuranbayev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Davlat maslahatchisi Quronboyev jonli muloqot o‘tkazadi

Festivalga AQSh, Rossiya, Yaponiya, Turkiya, Pokiston, Qirg‘iziston va Tojikistonda yashayotgan vatandoshlar kelishi kutilmoqda.

Festivalning tantanali ochilish marosimi 12-aprel kuni Toshkentda Yoshlar san’at saroyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

“Yosh vatandoshlar” festivali dasturi qiziqarli va boy bo‘lishi kutilmoqda. O‘zbekistonga kelgan mehmonlar Buxoro va Samarqandga tashrif buyurishlari, turli milliy va madaniy tadbirlar, jumladan sumalak pishirishda ishtirok etishlari kutilmoqda.

Festival doirasida asosiy e’tibor O‘zbekiston rivojlanishining uhim sohalariga e’tibor qaratilishi rejalashtirilgan. Xususan, “Turizm sohasida marketing: sayyohni qanday jalb qilish mumkin”, “ O‘zbekistonda sarmoyaviy muhit – hamkorlikning mustahkam ustuni”, “O‘zbekistonda ishbilarmonlik: muvaffaqiyatli strategiya asoslari”, “O‘zbekistonda yosh tadbirkorlar kelajagi”, “O‘zbekiston kelajagi arxitekturasi”, “IT loyihalarnib boshqarish: eng samarali mexanizmlar”, “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy rivojlanishining istiqbollari va yo‘llari” va yana bir qancha mavzular.

Mnogofunksionalniy migratsionniy sentr - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar ittifoqi delegatsiyasi o‘zbek yoshlari bilan uchrashish uchun Rossiyaga safar qiladi

So‘zga chiquvchilar orasida ilmiy va ishbilarmonlik sohalarining yetakchi namoyondalari, davlat, jamiyat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bor.

Ushbu festival dasturidan, dunyoning turli mamlakatlari o‘qiyotgan va tahsil olayotgan yoshlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida tashkil qilingan, “O‘zbekiston yoshlarining umumjahon assotsiatsisasi” taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi.

Ilk bosh tashkil etilayotgan ushbu tadbir – O‘zbekiston va yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlari yoshlari orasida konstruktiv suhbat maydoniga aylanishi muqarrar.

Podrobno.uz xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0