AQSh dushanba kuni Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qiladi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoBeliy Dom v Vashingtone
Beliy Dom v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq "Kommersant" gazetasi tayyorlanayotgan sanksiyalar haqida ogohlantiruv maktubini AQShning Moskvadagi elchisi Jon Xantsman Rossiya TIVga taqdim etganini xabar qilgan edi

TOShKENT, 16 apr — Sputnik. AQSh tez orada Suriyadagi vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qiladi. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyliga tayangan holda CBS News xabar qildi, deb yozgan RIA Novosti.

Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin: AQSh halokatli vaziyatni yanada yomonlashtirmoqda
"Sizlar ko‘rasizlar, sanksiyalar faqat kuchayadi. Vazir (AQSh Moliya vaziri Stiven. — tahr.) Mnuchin bu haqda dushanba kuni e’lon qiladi. Agar bu haqda hali e’lon qilmagan bo‘lsa, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri Asadning kimoviy qurol ishlatishi bilan bog‘liq uskuna va texnologiyalarni yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga yo‘naltiriladi", — dedi diplomat.

Ilgariroq "Kommersant" gazetasi tayyorlanayotgan sanksiyalar haqida ogohlantiruv maktubini AQShning Moskvadagi elchisi Jon Xantsman Rossiya TIVga taqdim etganini xabar qilgan edi.

Maktubning birinchi qismida AQSh va uning ittifoqdoshlari Suriyada o‘tkazgan kuch operatsiyalari motivlari keltirib o‘tilgan.

Ikkinchi qismida Vashington "Suriya rejimini qo‘llab-quvvatlagani uchun" Moskvaga qarshi sanksiyalar yangi paketini tayyorlayotgani haqida ogohlantirgan.

Suriyadagi tajovuzkorlik akti

Shanbaga o‘tar kechasi AQSh, Britaniya va Fransiya Suriya hududi bo‘ylab yuzdan ziyod raketalarni uchirdilar. Uch kishi jabrlangan. Suriya raketalarga qarshi mudofaa tizimi raketalarning aksariyat qismini urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan.

Voyennoslujashiy Siriyskoy arabskoy armii (SAA) na ognevoy pozitsii - Sputnik O‘zbekiston
Suriyadagi obyektlarga qarata yuzdan ortiq raketa uchirilgani aytilmoqda

Vashington o‘z harakatlarini Dumadagi "kimoviy hujumga" javob tariqasida izohlagan. Ammo shu bilan birga Damashq tomonidan ta’qiqlangan qurollardan foydalanganlik haqida birorta dalil keltirilmagan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin sodir etilgan hujumni "Terrorizmga qarshi kurashda oldingi safda bo‘lgan mustaqil davlatga qarshi zo‘ravonlik harakati" sifatida baholagan edi.

Yangiliklar lentasi
0