Putin: AQSh halokatli vaziyatni yanada yomonlashtirmoqda

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya rahbari Suriya atrofidagi vaziyatning izdan chiqishi xalqaro munosabatlarning butun boshli tizimiga halokatli ta’sir ko‘rsatishini bildirdi

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Qo‘shma Shtatlar o‘z harakatlari bilan Suriyadagi halokatli vaziyatni yanada yomonlashtirmoqda.

Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Kreml saytida chop etilgan bayonotida aytiladi.

Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh BMT Nizomi, xalqaro huquqning meyor va tamoyillarini buzgan holda BMT Xavfsizlik kengashining ruxsatisiz raketa zarbalarini amalga oshirdi.

"Terrorizmga qarshi kurashda oldingi safda bo‘lgan mustaqil davlatga qarshi zo‘ravonlik harakati sodir etildi", — deb ta’kidladi u.

Voyennoslujashiy Siriyskoy arabskoy armii (SAA) na ognevoy pozitsii - Sputnik O‘zbekiston
Suriyadagi obyektlarga qarata yuzdan ortiq raketa uchirilgani aytilmoqda

Vladimir Putin terrorizmga qarshi kurashda qonuniy hukumatga yordam berayotgan Rossiya Suriyaga hujumni jiddiy qoralashini ma’lum qildi.

"AQSh o‘z harakatlari bilan Suriyadagi gumanitar halokatni yanada chuqurlashtirmoqda, tinch aholiga aziyat yetkazmoqda, yetti yil Suriya xalqini ezib kelgan terrorchilarga ko‘maklashmoqda, ushbu mamlakat va umuman mintaqada yangi qochoqlar to‘lqini paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lmoqda", — dedi u.

Rossiya rahbari Suriya atrofidagi vaziyatning izdan chiqishi xalqaro munosabatlarning butun boshli tizimiga halokatli ta’sir ko‘rsatishini bildirdi.

"Tarix hammasini joy-joyiga qo‘yadi va u allaqachon Yugoslaviya, Iroq, Liviyadagi qonli bosqinlar uchun Vashington zimmasiga og‘ir mas’uliyatni qo‘ygan", — dedi Putin.

Eslatib o‘tamiz, Qo‘shma Shtatlar Buyuk Britaniya va Fransiya bilan hamkorlikda shanba kuni tongda Suriyaga raketa zarbalari berdi. AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, bu Suriyaning Duma shahrida amalga oshirilgan kimoviy hujumga nisbatan javob zarbasi bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0