Peterburgda o‘zbekistonlik migrant tepalikdan tushib ketdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStroitelstvo doma v Tashkente
Stroitelstvo doma v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yosh yigit tirik og‘ir ahvolda kasalxonaga keltirilgan

TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Sankt-Peterburgdagi qurilishlardan birida o‘zbekistonlik mehnat migranti tepalikdan tushib ketgan.

Hodisa Peterburgdagi Viborgskiy tumanida sodir bo‘ldi, deb xabar qilgan "Rosbalt".

Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
"Moskva" savdo markazi oldidagi mojarodan so‘ng bir migrant reanimatsiyaga tushdi

Nashr xabariga ko‘ra, 29 yashar o‘zbekistonlik qurilayotgan uy oldidan topib olingan. Unda ochiq bosh miya jarohati, ko‘krak qafasi va qorin jarohatlari, ichki organlar shikastlanishi, tos suyagining yopiq jarohati va chap son suyagining sinishi jarohatlari borligi aniqlangan.

Xabarda aytilishicha, erkak yog‘och zinapoyadan zinapoya oralig‘iga tushib ketgan.

Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda shahar kasalxonasiga olib kelingan.

Ayni vaqtda huquqni muhofaza qilish organlari ro‘y bergan hodisa tafsilotlarini aniqlashtirishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0