"Moskva" savdo markazi oldidagi mojarodan so‘ng bir migrant reanimatsiyaga tushdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSkoraya pomosh
Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Moskva" savdo markazi korovul xizmati xodimlari bilan ommaviy mushlashuv uyushtirmoqchi bo‘lgan 50 dan ortiq migrant politsiya bo‘limlarida ushlab turilmoqda

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. "Moskva" savdo markazida bo‘lib o‘tgan  mojarodan so‘ng 27 yoshli Tojikiston fuqarosi Navruz Karimov reanimatsiya bo‘limiga tushib qoldi. Bu haqda Sputnik Tojikiston Rossiyadagi Tojikiston mehnat, migratsiya va aholi bandligi vazirligining vakolatxonasi matbuot kotibi Ibragim Axmedov so‘zlariga tayangan holda xabar qildi.

Sotrudnik FSB - Sputnik O‘zbekiston
"Moskva" yonidagi to‘polondan so‘ng ellikdan ortiq migrantlar ushlandi

Ushbu ma’lumotlarni Tojikiston elchixonasidagi manbaa ham tasdiqladi. Shuningdek, yana bir nechta odam jarohatlanganligi haqida ma’lumotlar bor, lekin ularning millati noma’lum.

"Mushtlashuvda faqatgina Tojikiston fuqarolari ishtirok etmagan. Kecha elchixona vakillari jarohatlanganlar oldiga kiritilmagan. Tojikiston elchixonasi ushbu vaziyatni kuzatib bormoqda", — deb ta’kidladi manbaa.

Bugun ertalab, "Moskva" savdo markazi korovul xizmati xodimlari bilan ommaviy mushlashuv uyushtirmoqchi bo‘lgan 50 dan ortiq migrantlar politsiyachilar tomonidan olib ketilganligi haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0