Mirziyoyev: "Bizning dushmanlarimiz juda ko‘p"

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoga safari vaqtida mansabdor shaxslar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan ko‘zbo‘yamachilik holatlariga to‘xtaldi va mana shunday ishlar orqali "dushmanlarning tegirmoniga suv quyilayotgani"ni ta’kidlab o‘tdi

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. "Men yuradigan yo‘ldagi narsalarni bo‘yab qo‘yganlaring bilan odamlar "rahmat" demaydi. Nima uchun men Sirdaryoning markazida majlis o‘tkazmayapman? Nima uchun men shuncha uzoqqa — Sayxunobodga keldim? Chunki vaziyatni bilaman. Men safarlarga qarsak eshitish yoki maqtovlar aytish uchun emas, balki vaziyatni yaxshilash uchun chiqaman", — dedi Sirdaryoda o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishi davomida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Prezident yig‘ilish davomida viloyatlarga amalga oshiradigan tashriflari xususida to‘xtaldi va o‘z atrofidagi mansabdor shaxslarga har doim "ko‘p tayyorgarlik qilishmasin", deya topshiriqlar berishini ta’kidladi.

"Lekin ko‘p joylarda juda ko‘p ko‘zbo‘yamachilik (bo‘layapti). Ochiq bir paytlar o‘zim shunga juda qattiq qarshilik ko‘rsatganman. Bugun ana shunday ko‘zbo‘yamachilik qilish (davom etmoqda). Odamlarni, ayniqsa ijtimoiy soha vakillarini maktabdagi o‘quvchi va talabalarni majburlab obodonlashtirish ishlariga olib chiqish — bu siyosatga xiyonat qilayapsilar sizlar. Faqat menga emas, siyosatga xiyonat qilayapsilar. Kimga kerak? Men devorning orqasida nima borligini, O‘zbekistonda qaysi ko‘cha shipirilgan, qaysi daraxt yiqilib yotganini juda yaxshi bilaman", — dedi O‘zbekiston prezidenti.

O‘zbekiston rahbari shuningdek, o‘zi yuradigan yo‘ldagi narsalar bo‘yab qo‘yilgani bilan odamlar "rahmat" aytmasligini qo‘shimcha qildi.

"Nima uchun men Sirdaryoning markazida majlis o‘tkazmayapman? Nima uchun men shuncha uzoqqa Sayxunobodga keldim? Men vaziyatni bilaman, bizning do‘stlarimizam ko‘p, dushmanlarimizam juda ko‘p. Silar ana shu ishlaring bilan dushmanlarning tegirmoniga suv qo‘yayapsilar", — dedi Mirziyoyev.

O‘zbekiston rahbari o‘z nutqi davomida "eng muhim" jihatlarga rus tilida ikki og‘iz izoh berib o‘tdi.

"Men viloyatlarga safar oldidan 2-3 kun oldin qaysidir viloyatga borishim haqida e’lon qilinadi. Biron bir viloyatga ko‘rinmas odamdek kelib-keta olmayman. Men sharoiti og‘ir tumanlarni tanlashga harakat qilaman. Mana Samarqandda bir o‘qituvchi vafot etdi. Prezident tashrifigacha 3 kun oldin ro‘y bergan bu, lekin mening yuragimda bu men tufayli bo‘lgandek qoldi", — dedi prezident.

Marhuma Diana Yenikeyevaning otasi ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga javob berdi
"Hammamiz kelishib olaylik. Barcha rahbarlarni ogohlantirmoqchiman. Agar bundan buyon bironta hududda tashrif oldidan o‘qituvchi, shifokor yoki talabalar obodonlashtirishga jalb etilsa, jazo juda qattiq bo‘ladi. Ishdan olish bilan birga o‘sha rahbar qonun oldida javobgar bo‘ladi", — dedi Mirziyoyev.

"Men bu narsani aytishga majburman, chunki bunday "medvejya usluga"lar, (rus tilidan o‘girganda ko‘ngilsizlik keltirib chiqaradigan no‘noq xizmatlar") davom etayapti". Mening yuragimda juda katta armon, azob bor. Xalqimizning qanday ahvolda turganini mendan yaxshi hech kim bilmaydi. Men o‘zim kulib yursam ham, ichimda dardim juda ko‘p. Ana shuni hammalaring, iltimos, bilishlaring kerak. Do‘st bo‘lsalaring, qilmanglar bu ishlarni.

Dushmanlarimiz juda qarsak chalib "mana ko‘chada u bo‘layapti, ko‘chada bu bo‘layapti", degan gaplarni aytdi.

Markazdan 200 metr kirsak, ahvol qandayligini juda yaxshi bilaman", — deya davom etdi prezident.

"Shuncha yil hech balo qilmaganimiz, 1,5 yilda qilib bo‘lmasligini ham bilaman. Ishsiz, norizo, qarshi yurgan odamlarni ham juda yaxshi bilaman. Mana shuni hammalaring bilinglar", dedi prezident hamda videoselektor yig‘ilishlarida odamlarni tayyorlamaslikka, ularda qanday savol bo‘lsa, prezidentga berish imkoniyatini berishni ta’kidladi.

"Men vaziyatni yaxshilashga kelganman, balandparvoz gaplar, qarsak eshitishga yoki maqtashga kelganim yo‘q", — dedi Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0