Marhuma Diana Yenikeyevaning otasi ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga javob berdi

Obuna bo‘lish
Diana Yenikeyevaning otasi o‘z qizi vafotidan keyin OAVlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan jamoatchilikka murojaat etdi. Aleksandr Yenikeyev O‘zbekistonda yashar ekan, shu yurt an’analariga sadoqatli bo‘lishini ma’lum qilgan

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston muxbiri pochtasiga yaqinda YTH oqibatida halok bo‘lgan o‘qituvchi Diana Yenikeyevaning otasidan intervyu olingani aks etgan videoformatdagi fayl kelib tushdi.

Xokimiyat Samarkandskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev Diana Yenikeyeva bilan bog‘liq hodisaga izoh berdi
Intervyu marhum Diana Yenikeyevaning otasi Aleksandr Yenikeyevdan uning yaqin do‘sti Obid Omonov tomonidan olingan va suhbatda Aleksandr Yenikeyevning maslakdoshi, birodari Samarqand viloyatida Kattaqo‘rg‘on shahridagi "Afg‘onlar uyushmasi" raisi Nikolay Sorokin ham ishtirok etgan. Omonov boshqa viloyatda yashab turgan jurnalist tomonidan berilgan savollar bilan Yenikeyevga murojaat qilgan.

Obid Omonov: Aleksandr Marsovich (Yenikeyev), so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda sizning qizingiz Diana "majburiy mehnat" natijasida halok bo‘lganligi, u prokuror, hokim, RayONO mudiri bosimi ostida "majburiy mehnat" qilgani chiqqanligi haqida shov-shuvli xabarlar tarqaldi. Sizning bu xabarlarga izohingiz qanday bo‘ladi?

Aleksandr Yenikeyev: Bu oddiy subbotnik, hashar edi. Biz toza mamlakatda yashaymiz. "Navro‘z" bayrami — bu "Yangi yil". Biz hammamiz bir-birimizga yordam berishimiz kerak. Bu hodisa… Taqdir ekan… Men bilmayman buning boisini… Bu shunchaki yordam edi. Diananing — xalqqa yordami — hashardagi ishtiroki. Hamma joyni tartibga keltirish kerak. Axir bahor — borliq gullaydi. Atrof ham shunga monand bo‘lish kerak!

O.O: Aleksandr Marsovich, bu tushuntirishlarni o‘z xohishingiz bilan berayapsizmi? Yoki men sizga bosim o‘tkazdimmi, majbur qildimmi? Yoki "Afg‘onlar uyushmasi" jamoati iltimosi bilan berayapsizmi?

A.E: Bu tushuntirishlarni o‘z xohishim bilan berapman. Hech kim meni majbur qilmagan. Bu axir o‘rnini to‘ldirib bo‘lmas yo‘qotish. Meni va mening oilamni tinch qo‘ying! Nega insonning yuragini timdalaysiz?

O.O: Ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Karimberdi To‘ramurod "majburiy mehnat" haqidagi "haqiqatni" fosh eta turib, sizning qizingizni "majburiy mehnatdan himoya qila turib huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan "yo‘q qilish obyekti"ga aylangan ekan. Siz bunga nima deysiz?

Vo vsenarodnom xashare prinyali uchastie uchitelya i ucheniki shkol - Sputnik O‘zbekiston
Xalq ta’limi vazirligi: hashar - mehr-oqibatni mustahkamlaydi
A.E: Bu odam (Karimberdi To‘ramurod) Diana qanday yashagani, qanday katta bo‘lgani haqida intervyu oldi. Bizni rasmga tushirdi, videotasvir bor. Bo‘ldi. Men u bilan boshqa hech qanday mavzuda gaplashmaganman! Men buni sizga rasman ma’lum qilayapman!

O.O: Balki qizingiz, majburiy mehnatga chiqqandir? Shunday bo‘lishi mumkinmi?

A.E: Mening qizim shanbalikka chiqqan! Bo‘ldi, tamom!

Shu vaqt suhbatga "Afg‘onlar uyushmasi" raisi Nikolay Sorokin aralashgan.

— Mening Aleksandrga savolim yo‘q, lekin boshqalarga aytar gaplarim bor. Tarmoqlardagi odamlar o‘zlariga soxta obro‘ orttirishni xohlaydilar. O‘zganing boshiga tushgan kulfatdan ham o‘zingizga obro‘ orttirishda foydalanmang! Bizning umrimiz shu mamlakatda kechgan! Biz o‘zimizning urf-odatlarimizga amal qilgan holda yashaymiz! Navro‘zda biz hammayoqni tartibga keltiramiz. Biz bu mamlakatda bir millat va bir mentalitet bo‘lib yashaymiz! Shunday ekan diversiya qilishni bas qiling! Mana shularni yozayotgan odamlarning o‘zlari davlat uchun nimadir qildimi? Sariq chaqaliq bo‘lsa ham? Bu odamga savol berishni bas qilingizlar! Unga shundog‘am og‘ir, u har kuni dori ichadi! Yetar!

Suhbat yakunida Aleksandr Yenikeyev o‘z qizining o‘limi prezidentga hech qanday daxli yo‘qligini aytgan va prezidentni yaxshi ko‘rishlarini ta’kidlab o‘tgan. "Biz oilamiz bilan shu prezidentga ovoz berganmiz, bizni tinch qo‘yinglar!", — deb yakunlagan ota o‘z murojaatini.

Aleksandr Yenikeyev: gibel docheri ne svazana s vizitom Mirziyoyeva v Samarkand
Yangiliklar lentasi
0